Fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda bo‘ladi.
Bo‘lishli shaklda hech qanday qo‘shimcha qo‘shilmaydi: ölürti “oʻlardi” Bo‘lishsiz shakli esa fe’llarga –ma, -mä affiksini qo‘shish yoki ermäs yoki yoq so‘zlari yordamida ifodalanadi: qatun yoq bolmïš erti “malika yoq erdi” (To‘n); barma, kelmä, qïlma, alma.
Tuslanish. Qadimgi turkiy tilda ham fe’llar shaxs-sonda tuslanadi. Ammo shaxs–son formalari hozirgidan farq qiladi.
Birinchi guruhda birinchi va ikkinchi shaxs birlik hamda ko‘plikda kishilik olmoshlari birinchi va ikkinchi shaxs predikativ affiksi sifatida keladi:
Birlik ko‘plik
I shaxs - män /bän/ - bïz, - biz
shaxs – sän - sïz, -siz
shaxs – ba’zan ol, bu, turur - l a r , l ä r
Shaxs-son affikslarining mazkur formalari -mïš,- miš, -b ( -ub,-üb, -ib, -ïb), - a, - ä,- r(-ar, -är,- ur,- ür), -tačï, -täči, -dačï, däči kabi zamon formalarini olgan fe’llarga qo‘shiladi: baramïšman “borganman”, turabïz “turamiz”, turarsiz “turarsiz”, qaltačïbïz “qolganmiz” kabi.
II guruh paradigmasi egalik affikslari ishtirokida tuziladi: Birlik ko‘plik
shaxs – m - mïz, - miz, -muz, müz, -maz, -mäz
shaxs – ŋ - ŋïz/lar/, -ŋiz/lär
shaxs – ï, -i ba’zan ol, turur
Masalan, kelürtüm “kelturdim”, bartum “bordim”, basdïmïz “bosdik”, süŋüštümüz “urushdik”. Shaxs-son affiksining qisqargan formalari –dï, -di, -tï, -ti affiksi bilan tugagan fe’llarga qo‘shiladi. Masalan: sančdïm, körüŋiz.
Dostları ilə paylaş: |