Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə43/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Fe’l mayllari. Fe’l mayllarining quyidagi turlari bor: 1) buyruq mayli;

  1. istak mayli; 3) shart mayli; 4) aniqlik mayli.

Qadimgi turkiy tilda fe’lning buyruq mayli formasi turli shaxslarda turlicha bo‘lgan. Bu mayl o‘zak-negizga –ğïl, -gil, -qïl, -kil, -ïŋ, -iŋ (lar) kabi qushimchalarni qo‘shish bilan hosil bo‘ladi: qïlğïl, ešidiŋ, biliŋ.
Buyruq shaklining ikkinchi shaxs birligi fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz negizi bilan bir xildir, ko‘pligi esa birlik shakliga –n qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi: ay-, ešid-, barïn “boring(iz)”, oluruŋ “o‘tiring(iz)”, emgätmäŋ qiynamang(iz)”.
Buyruqning –qïl, -kil; -ğïl, -gil formasi ham bor: baqqïl, qačğïl, bilgil, kelgil.
Buyruq shaklining uchinchi shaxsi -zun, -zün, -su, -sü qo‘shimchasi bilan yasaladi: barzun “borsin”, yarlaqazu “yorlaqasin”, bolzu “boʻlsin”, yitmäzün “yo‘qolmasin”
Fe’l o‘zagiga –ayïn, -äyin, -yïn, -yin, -alïm, -älim, -lim, -lïm, -zun, -zün, -sun, - sün affikslarining qo‘shilishi orqali fe’lning istak mayli hosil bo‘ladi. Bunday fe’l formalari istak, iltimos, xohish va boshqa shunga o‘xshash ma’nolarni ifodalaydi.
Istak formasining birinchi shaxs birligi –(a) yïn, -(ä) yin, ko‘pligi -alïm, -älim qo‘shimchasi bilan yasaladi: bolayïn “boʻlayin”, tiläyin “tilayin”, adrïlmalïm “ayrilmaylik”, ötünälim “oʻtinaylik”, azmalïm “adashmaylik”.
Shart maylining -sar, - sär shakli runik, uygʻur, moniy, brahma yozuv obidalarida ucnraydi. Uning qisqargan shakli -sa, -sä Turfon matnlarida -sar, - sär bilan parallel qoʻllangan. Masalan: alsar, oqitsar, ičsär, kelsär, barsa, ešidsä va h.k. Fe’lning shart mayli shakli ish-harakatning bajarilishidagi shartni bildiradi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin