Mustaqil fe’llar. Mustaqil fe’llar gapda sodda kesim vazifasida ishlatiladi va o‘ziga mansub bo‘lgan so‘zni boshqarib keladi: Tonyuquqqa,bäŋäaydï“Toʻnyuquqqa, menga aytdi” (To‘n). Tägdimiz, yaydïmïz“hujum qildik, tor-mor etdik” (To‘n).
Mustaqil fe’llarni harakatning ob’ektga bo‘lgan munosabatiga qarab, ob’ektli fe’llar va ob’ektsiz fe’llar kabi turlarga ham bo‘lish mumkin. Ob’ektli fe’llar tushum kelishigidagi so‘zlarni boshqarsa, ob’ektsiz fe’llar esa bunday xususiyatlarga ega bo‘lmaydi. Shuningdek, fe’llar qadimgi turkiy tilda ham yetakchi va ko‘makchi fe’llardan tashkil topadi: tikä bärtim “tikib, ornatib berdi”, uča bartï “uchib bordi (koʻchma ma’noda “vafot etdi”)”,basa kälti“bosib keldi” (BX) kabi.
Ko‘makchi fe’llar. Ko‘makchi fe’llar bevosita bo‘lgan harakatni bildirmaydi, balki etakchi fe’llardan keyin kelib, etakchi fe’lning ma’nosini kengaytirib, qo‘shimcha ma’no ifodalashga xizmat qiladi.
Qadimgi turkiy tilda ko‘makchi fe’llarga ät-, bašla-, tur-, yur-, bär-, yat-, ol-,qoy- kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bularning ko‘makchi fe’l vazifasi kontekstda reallashadi.
To‘liqsiz fe’l. To‘liqsiz fe’llar mustaqil holda ishlatilmaydigan fe’l turidir. Hozirgi o‘zbek hamda oʻzga turkiy tillarda ham ädi, äkän, ämiš, ämäs kabi to‘liqsiz fe’llar mavjud bo‘lsa, qadimgi turkiy tilda ham ana shu fe’llarning turli arxaik ko‘rinishlari koʻzga tashlanadi. Bular ärmis,ärti,ärsä,ärinčkabi shakllardir.
Ärinč so‘zi ba’zi o‘rinda to‘liqsiz fe’l (ekan) vazifasida ishlatilgan. Bu so‘z to‘liqsiz fe’l vazifasida X asrdan keyin arxaiklashib modal ma’noda ishlatila boshlaydi.
Ärinč,ärti,ärmišto‘liqsiz fe’llari harakat ma’nosini ifodalamaydi, ammo shaxs-sonda tuslanadi. Biroq bu affiks qo‘shma fe’lning birinchi komponentiga tegishli bo‘ladi. Shuningdek, mustaqil va ko‘makchi fe’lga xos bo‘lishli- bo‘lishsizlik, nisbat, zamon kategoriyalariga ham ega emas. Masalan: Adïrïlmïšdasaqïnurärtimiz“vafot etganda biz g‘am chekdik” (BX).