Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə37/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Asliy sifatlar: narsa-predmetning rang-tusi: ala “ola”, aq “oq”, qara “qora”, yašïl “yashil”. Masalan: qïzïl qan “qizil qon”, qara tär “qora ter”, sarïğ altun “sariq oltin”, aq kümüsh “oq kumush”, qïzïl qaya “qizil qoya”, yağïz yär “qoʻngʻir yer”; shakli: ägri “egri”, sämiz “semiz”, torïq “ozgʻin”, asra “past”, köni “toʻgʻri”; xususiyatini bildiradi: arïğ “toza”, soğuğ “sovuq”; ädgü “yaxshi”, yablaq “yomon”.
Nisbiy sifatlar. Qadimgi turkiy tilda nisbiy sifatlar asosan affikslar yordamida otlar va fe’llardan yasalgan:

  1. -lïğ, -lig//-luğ, -lüg qo‘shimcha otdan sifat yasaydi va egalik hamda



19 Севортян Э.В. Из истории прилагательных в тюркских языках//Тюркологические исследования. –М.-Л.; 1963. – С. 58.
nisbatni bildiradi: qağanlïğ (<qağan “xoqon”) “xoqoni bor”, ekinlig (<ekin “ekin”) “ekinli”, bodunluğ (<bodun “xalq”) “xalqli”, küčlüg (<küč “kuch”) “kuchli”.

  1. -sïz, -siz//-suz, -süz, Bu qo‘shimcha otdan egasizlik va yo‘qlik bildiruvchi sifat yasaydi: yağïsïz (<yağï “dushman”) “dushmansiz”, biligsiz (<bilig “bilim”) “bilimsiz”, yolsuz (<yol “yol”) “yolsiz”, ögsüz (ög “ona”) “etim”.

  2. -saq, -säk. Bu istak bildiruvchi fe’l yasovchi -sa, -sä hamda fe’ldan sifat va ot yasovchi -q, -k qo‘shimchasining birlashuvidan hosil bo‘lgan: baǧïrsaq (<baǧïr “jigar”) “rahmdil, ko‘ngilchan”, keksäk (<kek “kek”) “kekchi”.

  3. -sïğ, -sig qo‘shimchasi otdan sifat yasaydi va o‘xshashlik ma’nosini bildiradi: qulsïğ () “qulday”; bägsig ( bek”) “bekday”.

  4. -qï, -ki//-ğï, -gi. Bu qo‘shimcha ot, ravish va olmoshdan nisbiy sifat yasaydi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga -, ingichkasiga -ki; jarangli undosh bilan tugagan qalin negizga -ğï, ingichka negizga -gi qo‘shiladi: ayqï (<ay) “oyga oid”, yayğï ( “yoz”) “yozgi”, üstünki (<üstün “ustun”) “ustudagi”.

  5. z, -ïz qo‘shimchasi fe’l va sifatdan sifat yasaydi: uz (<u- “qila bilmoq”) “mohir”, yabïz (<yaba “yovvoyi”) “berahm”.

  6. -l, -ïl qo‘shimchasi: yašïl (<yaš “yangi, yash”) “yashil”, qïzïl (<qïz “qizar”) “qizil”, tükäl (<tükä- “tugamoq”) “tugal” singari so‘zlar tarkibida uchraydi.

  7. -q, -ğ//-k, -g qo‘shimchasi: yaruq (<yaru- “yorishmoq”) “yorugʻ”, yumšaq (<yumša- “yumshamoq”) “yumshoq”, ačïğ (ačï- “achimoq”) “achchiq”, quruğ (<quru- “qurimoq”) “quruq”, isig (isi- “isimoq”) “issiq”, süčüg (süči- “shirin boʻlmoq”) “shirin”.

  8. -nč qo‘shimchasi: bulğanč (bilğan- “iflos qilmoq”) “iflos, bilgʻangan”,

tarqanč (tarqan- “tarqalmoq) “tarqoq”.

  1. -čïğ, - čig qo‘shimchasi: adïnčïğ (<adïn boshqa”) boshqacha, oʻzgacha”, taŋlančïğ (<taŋlan- “hayratda qolmoq”) “hayratli, ajablanarli”, yarsïnčïğ (<yarsïn- “jirkanmoq”) “qoʻrqinchli, dahshatli”.

Sifat darajalari. Qadimgi turkiy tilda sifat darajalari sifatlar oldidan biror so‘zni qo‘llash yoki ularga biror affiksni qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Xuddi hozirgi o‘zbek tilidagidek, uch daraja shakli mavjud:

  1. Oddiy daraja. Bu darajada belgining ortiq yoki kamligiga munosabat bildirilmaydi.

  2. Qiyosiy (ozaytirma) daraja. Bu davr yodnomalarida -raq/-räk affiksi belgining ortiqligini ko‘rsatgan. Masalan: yeg (yaxshi) - yegräk (eng yaxshi), artuq (ortiq) – artuqraq (eng ortiq).

  3. Orttirma daraja. Orttirma daraja narsa - predmetdagi belgining boshqa narsa-predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aŋ, äŋ, anyïğ kabi so‘zlar qo‘llangan. Bu so‘zlar hozirgi o‘zbek tilidagi juda, hech kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi: ayïğ ädgu “juda yaxshi”, äŋ ilki “eng birinchi”.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin