Qaratqichkelishigi quyidagi variantlarga ega: -nïŋ,-niŋ//-nuŋ,-nüŋ//-ïŋ,
-iŋ//-uŋ -üŋ. Masalan: Bayïrqunuŋ, burxanlarnïŋ, täŋriniŋ, Külteginiŋ, uluğlarnïŋ,altunuŋ.
Bir affiksning turlicha ko‘rinishlarda ishlatilishi singarmonizm qonuniyati bilan bevosita bog‘liqdir. So‘z tarkibida lablangan unli bo‘lsa, -nuŋ, -nüŋ//üŋ, -uŋ, lablanmagan unli hisoblansa, -nïŋ,-niŋ,-ïŋ,-iŋshakllar qo‘shiladi.
Tushumkelishigi-ğ,-g(-ïğ,-ig//-uğ,-üg//-ağ,-äg);-ï,-i//-n//-ni,-nï
qo‘shimchalari bilan ifodalangan. Masalan, süg-lashkarni, tašïğ“toshni”, išig“ishni”,küčüg“kuchni”,temiräg“temirni”, ïğačağ“daraxtni”, bodunuğ“xalqni”, ärig “erni”, äčisin “akasini”, savïn “soʻzini”, kimi “kimni”, bäni “meni”, säni “seni”.Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigidagi so‘z o‘zi bilan kelgan fe’l bilan shunday bog‘langan bo‘ladiki, boshqa hech qanday kelishik bunday munosabatga
kirishmaydi. Xuddi ana shunday xususiyat qadimgi turkiy tilda ham uchraydi.
Jo‘nalishkelishigi qo‘shimchasi -ğaru,-gärü//-qaru,-kärü//-ğar,-gär//-ru
–rü//-ra,-rä//-qa,-kä//-ğa,-gä//-a(ya), -ä(yä). Masalan, oğuzğaru“oʻg‘izga”,bizgärü “bizga”,yoqaru “yuqori”, mäŋär “menga”, säŋär “senga”, aŋaru “unga qarab”,äbimrü“uyimga”,tašra“tashqariga”, yüräkrä“yurakka”,qağanqa“xoqonga”,yärkä“yerga”,qunčuyïmğa“bekachimga”,ädgügä“ezguga”,tağa“toqqa”, ajuna “dunyoga, borliqqa”, yïraya “soʻlga”, biriyä“oʻngga”.
Hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi yuqori,tashqari,ichkari,teskarisoʻzlari tarkibidagi - qori, - kari qadimgi joʻnalish kelishigining qoldiqlari sanaladi.
O‘rin-payt kelishigi -da, -dä//-ta, -tä variantlariga ega. Masalan: Altunyïšda “Altun vodiysida”, eldä “elda”, altï yašïmta “olti yoshimda”, küntä “kunda”, boyunda “boʻynida”.
Qadimgi matnlarda ba’zan o‘rin, chiqish va jo‘nalish kelishiklari almashtirib qo‘llangan: …qağanta körügkelti“xoqondan kuzatuvchi keldi”, Qïrqïzda yantïmïz“qirqizga qaytdik” (Toʻn), köŋüličintäot kirdi“koʻngil ichiga oʻt kirdi” (TT).
Chiqish kelishigi -dan, -dän//-dïn, -din//-dun, -dün//-tan, -tän//-tïn,-tin//-tun,-tünqo‘shimchalari bilan hosil qilingan: oğuzdan“oʻgʻuzdan”, Täŋridän“Tahgridan”, balïqdïn“shahardan”,ulušdïn“qabiladan”,äldin“eldan”,qantan“qaydan”,yerintän“yerindan”, ağrïğtïn“ogʻriqdan”,emgäklärintin“mushkullaridan”.
Vositakelishigi qo‘shimchasi -n(-ïn,-in//-un,-ün//-an,-än)ish- harakatning sodir bo‘lish, boshlanish o‘rni, birgalik, vosita ma’nolarini ifodalaydi: Ötükän ärin qïšladïm “Oʻtikan erida qishladim”, bu yolïn yorïsar “agar bu yoʻldan yursa” (Toʻn), oğlïn qul boltï “o‘g‘li bilan qul bo‘ldi”. közün körmädük, qulqaqïneshidmädük “ko‘z bilan ko‘rmadik, quloq bilan eshitmadik” (KT), süŋügün “nayza bilan”, tilin “tili bilan”, yulduzun “yulduz bilan”. Qadimgi turkiy til va eski turkiy til davriga xos boʻlgan vosita kelishigining qoldiqlari hozirgi oʻzbek adabiy tilida ham uchrab turadi: qishin-yozin,ertan,ochin-toʻqin,yupunva h.k.
Otlarningyasalishi. Qadimgi turkiy tilda ot, fe’l, otlashgan so‘z yoki sifatdan ot yasovchi quyidagi qo‘shimchalar mavjud boʻlgan:
-čï,-či qo‘shimchasi. Qalin negizga –čï,ingichkasiga -čishakli qo‘shiladi. Bu qo‘shimcha kasb va biror yumush egasini bildiruvchi ot yasaydi: bädizči (<bädiz “naqsh”) “naqqosh”, yoğčï (<yoğ “aza”) “azachi”, ayğučï (<ayğu“maslahat”) “maslahatchi”, emči(<em“davo”) “tabib”, bitigči(<bitig“xat”) “kotib”.
-lïq,-lik//liğ,lig//-luq,-lük//-luğ,-lüg qo‘shimchasi. Lablanmagan unlili qalin negizga –lïq,ingichkasiga –lik, lablangan unlili qalin negizga –luq,ingichkasiga –lük shakli qo‘shiladi: ačlïq (<ač “och”) “ochlik”, yemišlik (<yemiš“meva”) “mevazor”, qamïšlïğ(<qamïš“qamish”) “qamishzor”, täblig(<täb“yalgʻon”) “yalgʻonchi”, burunluğ(<burun“burun”) “burunduq”, borluq(<bör
“may, sharbat”) “uzumzor”, künlük(<kün“kun”) “kunlik”.
-qan (xan), -kän//-ğan, -gänqo‘shimchasi laqab, unvon, geografik va astronomik nomlar tarkibida uchraydi. Qalin negizga –qan,ingichkasiga –känvarianti qo‘shiladi: täŋrikän(<Täŋri“Xudo”) “xudojoʻy”, bazğan(<baz-bas“bosmoq”) “bosuvchi”, yetikän (<yeti “yeti”) “Yetti qaroqchi”, Qadïrqan (<qadïr“qiyin, qattiq”) “Qadirqan (hozirgi Xingan)”.
-qaq,-käk//-ğaq,-gäk//ğuq,-gük affiksi otga qo‘shilib, mahdudlik, chegaralanganlik, fe’lga qo‘shilganda esa qurol, vosita ma’nosini bildiradi. Jarangsiz undosh bilan tugagan qalin negizga –qaq, ingichkasiga –käk varianti qo‘shiladi: qïzğaq (<qïz “ochkoʻz”) “yomonlik”, orğaq (<or “oʻrmoq”) “oʻroq”, qačqaq (<qač“qochmoq”) “qochoq”, qazğuq(<qaz- “qazimoq”) “qoziq” va h.k.
-qu,-kü//-ğu,-gü qo‘shimchasining ham negizga qo‘shilish tartibi bundan oldingi qo‘shimchaniki singari bo‘lib, mavhumlik ma’nosini bildiradi: belgü(<bel“tepalik”) “belgi”, oğlanğu(<oğlan“oʻgʻlon”) “yoshlik, bolalik”, esängü(<esän “eson”) “esonlik, omonlik”, inčkü(<inč“tinch”) “tinchlik”.
-taš, -täš//-daš, -däš qo‘shimchasi hozirgi o‘zbek tilidagi –dosh ning o‘zidir. Negizga qo‘shilish tartibi bundan oldingi qo‘shimchaniki singaridir: qadash(<qa“qarindosh”) “tug‘ishgan”.
-š qo‘shimchasi undosh bilan tugagan so‘zlarga birikkanda, oldiga tor unli qo‘shiladi: bağïš (“bog‘, boylam”) “arqon”, küsüš (“istamoq”) “istak”, bögüš (“dono”) “tushunish”, alqïš (“maqtamoq”) “maqtov, alqov”, uruš (“urmoq”) “urush”.
-sïq, -suq, -sük qo‘shimchasi. Birinchi varianti qalin negizga, ikkinchisi ingichka negizga qo‘shiladi. Otdan ot yoki sifat yasaydi: künbatsïq(“botmoq”) “Gʻarb”, küntoğsuq(“tugʻmoq, chiqmoq”) “Sharq”, bağïrsuq(“jigar”) “ichak”.
–m(-im, -ïm, -um, -üm) qo‘shimchasi undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shilganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi. Bu unlining sifati negizning qalin- ingichkaligi va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog‘liq. Fe’ldan anglashilgan harakat bilan bog‘liq narsa-predmetni bildiradi: alïm (“olmoq”) “qarz”(qarz berganga nisbatan), berim(“bermoq”) “qarz”(qarzdorga nisbatan), ölüm(<öl- “o‘lmoq”) “o‘lim”, kädim(“kiymoq”) “kiyim”.
–n, -in, -ïn, -un, -ün qo‘shimchasi. Negizga qo‘shilish tartibi –m niki singari bo‘lib, fe’l bildirgan harakat natijasida paydo bo‘lgan predmetni anglatadi: aqïn (“oqmoq”) “sel”, terin (“termoq”) “jamoa”, bulun (“topmoq”) “asir”, egin(<eg- “egmoq”) “yelka”.
–ma,-mä qo‘shimchasi. Qalin negizga –ma, ingichka -mävarianti qo‘shiladi. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo‘lgan va shu harakatni bajaruvchini ifodalaydi: yelmä (“yelmoq”) “tez otliq guruh”, kesmä (<kes“kesmoq”) “kokil”.
-q, -k, -ğ, -g, -ïğ, -ig, -uğ, -üg, -ïq, -ik, -uq, -ükqo‘shimchasining ham negizga qo‘shilish tartibi –m, -n affikslari singari bo‘lib, fe’l ifodalagan harakatni bajaruvchi va shu harakat bilan bog‘liq predmetni anglatadi: qaraq(<qara-“qaramoq”) “koʻz qorachiği”, yazuq(“yomonlik qilmoq”)“gunoh”, töšäk