Hozirgi zamon fe’li –ur, -ür, -ar, -är, -yur, -yür, -ïr, -ir va shaxs-son affikslarini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi:
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
I shaxs
|
barurman
|
barurmïz
|
II shaxs
|
barursan
|
barursïz
|
III shaxs
|
barur
|
barur
|
Bu fe’l formasi ish-harakatning davom etishi, qanday vaqtda sodir bo‘layotganini ifodalaydi: qazğanur “qozonur”, išläyür, sözläyür, saqïnurman “oʻylayurman”, mengläyürmän “xursand boʻlurman”.
Kelasi zamon fe’li. Qadimgi turkiy tilda kelasi zamon fe’lini hosil qilish uchun fe’l o‘zagiga -ğu, -gü -qu, -kü, -ğay, -gäy va shaxs-son affikslari qo‘shiladi: bolğay, kelgäy, barğusï, barğumïz, barğuŋïz.
Fe’l nisbatlari. Ma’lumki, fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat fe’l o‘zagiga maxsus affikslar qo‘shilishi orqali ifodalanadi. Fe’l nisbatlari aniq nisbat, o‘zlik nisbat, majhul nisbat, orttirma nisbat va birgalik nisbatlarga bo‘linadi.
Aniq nisbat. Aniq nisbat maxsus affiksga ega emas. Harakatning ega bilan
ifodalangan shaxs yoki narsa-predmet tomonidan bajarilgani yoki bajarilmaganini ko‘rsatadi. Masalan: Kögmän yïšïğ yorïp “Koʻgman vodiysiga borib” (KT).
Dostları ilə paylaş: |