Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə46/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

O‘zlik nisbat fe’l oʻzaklari unli bilan tugaganda -n, undosh bilan tamom boʻlganda –ïn, -in, -un, - ün qoʻshimchasi bilan hosil qilinadi: körün, qïlïn, bilin, qarğan “qargʻamoq”, qolun “tilanmoq”, tapïn “topinmoq”.
Majhul nisbat. -l, -q(-k) majhul nisbat formasini yasaydi. Undosh bilan tugagan negizga qo‘shilganda oldida bir tor unli paydo bo‘ladi, uning sifati o‘zakning qalin-ingichkaligi va oxirgi bo‘g‘indagi unlining lablangan- lablanmaganliga bog‘liq: adrïl “ayrilmoq”, teril, ačïl, sačïl, buzul, basïq, boluq, alsïqdï “olindi”.
Orttirma nisbat. Fe’l negizlariga –t,-ut, -üt, -ït, -it, -r, ur, -ür, -ïr, -ir, - tur, tür, -dïr, -dir, dur, -dür, -gur, gür affikslarning qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi22. Qadimgi turkiy tilda quyidagi orttirma nisbat qo‘shimchalari bor:

    1. -z, -uz,-üz qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi: tutuz “tutqizmoq”, tuyuz “sezdirmoq”, altïz “oldirmoq”, ütüz “yutqiz moq”.

    2. - r qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor, ba’zan keng unli paydo bo‘ladi: ketär “ketkizmoq”, yashur “yashirmoq”, olur “boʻlur”, küyür “kuydir”.

    3. -t qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi: oqït ‘o‘qitmoq”, küčät “zo‘rlatmoq”, sevit “sevdirmoq”, sülät “lashkar tortmoq”, yarat “yaratmoq”.

    4. -tur, -tür, dur, -dür qo‘shimchasi: aqtur “oqizmoq”, bintur “mindirmoq”,

yüküntür “yukuntir”, ešitdür “eshittir”, yedür “yedirmoq”.

    1. -qur, -kür, -ğur, -gür qo‘shimchasi: turqur “turgʻiz”, azğur “adashtirmoq”, tirgür yashatmoq”, yatğur “yotqizmoq”.


Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin