SON
Til sistemasida ma'lum guruh so‘zlar borki, ular mavhum son, miqdor, sanoq, to‘g‘rirog‘i, narsa-predmetning sanash, joylashish, bajarilish tartibini bildiradi. Shuni qayd qilish joizki, turkiy tillarda son sistemasi, har qaysi xalq tilida bo‘lgani kabi
birdaniga emas, asta-sekin shakllanib, o‘zgarib kelgan20. Bunga ko‘hna manbalar tilini tadqiq etish jarayonida amin bo‘lish mumkin. Zero, yozma obidalarda sonlarning bir necha turlari qo‘llanilgan. Bu esa, birinchidan, sonlarni imlo va talaffuz me'yorlarini aniqlash, ikkinchidan, ularning etimologiyasini yoritishda qo‘l keladi.
Qadimgi turkiy tilda “nol” yoq. Sanoq “bir”dan boshlanadi. Inson tugʻilgan chogʻda bir yosh sanalgan, ona qornidagi davri qoʻshib hisoblangan. Bir yil oʻtgach, bola ikkiga toʻlgan.
VI-X asrlardagi yozma yodgorliklarda songa oid xususiyatlrdan biri, bunda kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin keladi: yäti otuz - 27, bir qirq - 31, bir otuz – 21, säkiz yetmiš – 68, yüz bäš älig – 145, toquz on bäš - 95. Sanashning bu tartibi XI asrgacha amal qilgan, XI asrdan keyin esa hozirgidek qo‘llangan.
Qadimgi turkiy manbalarda qayd etilgan sanash tizimi bilan birga, boshqa sanash usuli ham amal qilgan. Ya’ni katta son oldin, kichik son keyin keladi. Bunda tarkibli sanoq son qismlari III shaxs egalik shaklidagi artuqï soʻzi yordamida bogʻlanadi21: otuz artuqï tort – 34, qïrq artuqï bäš – 45, bir tümän artuqï yeti biŋ – 17 ming.
Yodnomalarda 102, 190, 250, 300, 350 kabi sanoq sonlar quyidagi tartibda hosil qilinadi: avval birlik, keyin yuzlik, minglik va boshqalar keladi: yüz iki - 102, iki yüz elig – 250, tört yüz toquz on altï – 496, altï yüz – 600, yüz toquz on – 190, tümän – 10 000, tört tümän – 40 000.
Sonlar morfologik tuzilishiga ko‘ra quyidagi bir necha gruppalarga bo‘li nadi. Sanoq son. Bu turdagi sonlar morfologik ko‘rsatkichlarga ega emas.Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, iki, uč, tört, yigirmi, otuz, yüz, miŋ va h.
Shuni ta’kidlash kerakki, dona son ma’nosi ko‘pincha sanoq son bilan ham ifodalangan: Süsi üč biŋ ärmiš “lashkari uch mingta askardan iborat ekan” (To‘n).
Tartib son. Tartib sonlar sanoq son negiziga – nč, –ïnč, inč, -unč, -nti kabi affikslarni qo‘shish orqali hosil bo‘lgan: ikinč “ikkinchi”, altïnč “oltinchi”, üčünč “uchinchi”, onunč “oʻninchi”, ikinti “ikkinchi” kabi.
Taqsim son. Sanoq sonlarga -ar, -är, -rar, -rär , -sar kabi affikslarni qo‘shish bilan hosil qilingan: onar “oʻntadan”, birär “bittadan”, üčär “uchtadan”, ikirär “ikkitadan”, altïrar “oltitadan”, toquzar “toʻqqiztadan” kabi.
Dostları ilə paylaş: |