O‘zlik nisbat fe’l oʻzaklari unli bilan tugaganda -n, undosh bilan tamom boʻlganda –ïn, -in, -un, - ün qoʻshimchasi bilan hosil qilinadi: körün, qïlïn, bilin, qarğan “qargʻamoq”, qolun “tilanmoq”, tapïn “topinmoq”.
Majhul nisbat. -l, -q(-k) majhul nisbat formasini yasaydi. Undosh bilan tugagan negizga qo‘shilganda oldida bir tor unli paydo bo‘ladi, uning sifati o‘zakning qalin-ingichkaligi va oxirgi bo‘g‘indagi unlining lablangan- lablanmaganliga bog‘liq: adrïl “ayrilmoq”, teril, ačïl, sačïl, buzul, basïq, boluq, alsïqdï “olindi”.
Orttirma nisbat. Fe’l negizlariga –t,-ut, -üt, -ït, -it, -r, ur, -ür, -ïr, -ir, - tur, tür, -dïr, -dir, dur, -dür, -gur, gür affikslarning qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi22. Qadimgi turkiy tilda quyidagi orttirma nisbat qo‘shimchalari bor:
-z, -uz,-üz qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi: tutuz “tutqizmoq”, tuyuz “sezdirmoq”, altïz “oldirmoq”, ütüz “yutqiz moq”.
- r qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida asosan tor, ba’zan keng unli paydo bo‘ladi: ketär “ketkizmoq”, yashur “yashirmoq”, olur “boʻlur”, küyür “kuydir”.
-t qo‘shimchasi. Negiz undosh bilan tugaganda, oldida bir tor unli paydo bo‘ladi: oqït ‘o‘qitmoq”, küčät “zo‘rlatmoq”, sevit “sevdirmoq”, sülät “lashkar tortmoq”, yarat “yaratmoq”.
-tur, -tür, dur, -dür qo‘shimchasi: aqtur “oqizmoq”, bintur “mindirmoq”,
yüküntür “yukuntir”, ešitdür “eshittir”, yedür “yedirmoq”.
-qur, -kür, -ğur, -gür qo‘shimchasi: turqur “turgʻiz”, azğur “adashtirmoq”, tirgür “yashatmoq”, yatğur “yotqizmoq”.
Dostları ilə paylaş: |