Sof ko‘makchilar. Qadimgi turkiy tilda birlä, üčün, iyä (bilan), üzä, sayï kabi sof ko‘makchilar qo‘llangan.
Birläko‘makchisi. matnda bosh kelishikdagi so‘z bilan birgalikda qo‘llanganda biror ish-harakatning bajarilishidagi birgalik, birga ishtirok etganlik, aloqadorlik, daxldorlikni, shuningdek, vosita-qurol, ish-harakat jarayonining birin- ketin ro‘y berganligini, harakatning bajarilishidagi belgi, holatni va boshqa shunga o‘xshash ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: …oğuzbirläsüŋüšdimiz“oʻğiz bilan urushdik”, közüntätolu yašïbirläbarïp“koʻzida toʻla yosh bilan borib” (KT).
Üčün ko‘makchisi asarlarda to‘liq formada qo‘llanilgan va uning qisqargan čün shakli bu davr tilida uchramaydi. U bosh kelishik formasida kelgan so‘zdan keyin kelganda, sabab, vaj, bois, ish-harakatning biror shaxsga atalganligi, narsa- predmetga tegishliligi, ish-harakatning maqsadini bildiradi. Shuningdek, ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi ergash gapning sababini yoki natijasini bildirish uchun xizmat qiladi: türkbodunüčün“turk xalqi uchun”, tïnlïğlarüčün“jonivorlar uchun”.
Üčün ko‘makchisi tushum, qaratqich, o‘rin, vosita kelishiklari qoʻshimchalari birikkan so‘zlar bilan kela oladi va ma’noni aniqlashtiradi, ta’kidlaydi: Täŋriyarlïqaduqïn üčün “tangri yarlaqagani uchun”, säkiz adaqlïğ barïmïğ üčün “sakkiz oyoqli jonli uchun”. Üzä ko‘makchisi qadimgi turkiy tilda hozirgi turkiy tillardagi ust, past(da)kabi ko‘makchilar funktsiyasida qo‘llangan. Ot ko‘makchilari kabi ish-harakatning predmetning ustki va pastki qismida bo‘lganligini yoki yo‘nalish tomonini bildiradi, masalan: at üzä bintürä “ot ustiga mindirib”, Toquz oğuz bodun üzä qağan olurtï“toʻqqiz oʻgʻuz xalqiga xon boʻldi” (Toʻn) .
Sayu va iyä ko‘makchilari: Ayïğ qïlïnč iyä barïp “yomon ishlar, qilmishlar bilan borib”. Yirsayubarmïš “butun yer yuzi boʻylab borib”. Arako‘makchisi o‘rin, paytni bildiradi: Kečmädinara“tez orada”,qalïnquvrağarasinta“koʻp odamlar orasida”.