Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə49/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Ravishdosh formalari. Ravishdoshlar o‘z holicha kesim bo‘lib kela olmaydigan, tuslanmaydigan, fe’llarga qo‘shimcha ma’no beruvchi fe’l shaklidir. Ravishdoshlar qo‘shma fe’llarning etakchi komponenti bo‘lib keladi. Ravishdoshlar quyidagicha qoʻshimchalar ishtirokida voqelanadi:
-u, affiksi: yanturu “qaytarib”, qatïnu “kuchayib, mustahkamlanib”, tapïnu
“topinib”, ökünü “oʻkinib”, yügürü “yugurib”, öntürü “ozod qilib” va h.k.
-a, affiksi: aša “oshib”, tuta “tutib”, ağa “koʻtarilib”, kečä “kecnib”, inä
“inib, tushib”, önä “unib”.
-ï, -i affiksi qayd etilgan ikki qoʻshimchaga nisbatan kamroq uchraydi: alï
“olib”, qodï “qoyib”, yazï “yozib”, eti “etib”, eriti “eritib”, tegi “erishib”.
Ravishdoshning yuqoridagi shakllaridan ba’zilari asta-sekin leksik grammatik jihatidan mustaqillik kasb etib, ko‘makchi yoki ravishlarga aylanib qolgan. Jumladan, tegi so‘zi aslida teg- fe’lining o‘zagiga –i affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, keyinchalik ravishdoshlik xususiyatini yo‘qotgan va ko‘makchiga aylangan: Temir qapïğqa tegi sülädimiz “Temir qopiqqa(darvoza) qadar qoʻshin tortdik” (KT).
-p / -ip, -ïp, -up, -üp affiksi: tep “deb”, alïp “olib”, arturïp “ortirib”, yapïp “yopib”, binip “minib”, išlätip “ishlatib”, ökünüp “oʻkunib”, öndürüp “undirib”, turup “turib”, olurup “oʻtirib”. Bu formadagi ravishdosh shaxssiz shaklda bo‘lib va shaxsli fe’l-kesim bilan birga keladi: yağï bolupyana ičikmiš “dushman bo‘lib… yana qaram bo‘ldi”. Kü ešidip tağdaqï inmiz “xabar eshitib, tog‘dagilar pastga tushdilar” (KT).
-pan, -pän, -ïpan, -ipän affiksi adabiyotlarda yuqoridagi ravishdoshning rivojlangan shakli deb qaraladi. Masalan: bir erig alïpan urdï - bir kishini olib hujum qildi (Toʻn); tutïpan “tutibon”, körüpän “koʻribon”, ičipän “ichibon”, yepän “yebon”.
-matï, -mäti, -madï, -matïn, -matin, - madïn, -mädin affiksi -p yoki –pan, -pän affiksi bilan yasalgan ravishdoshga nisbatan bo‘lishsizlik formasi sifatida ishlatiladi. Tün udïmatï, kündüz olurmatï “tun uxlamay, kunduz o‘tirmay” (Toʻn); qalmatï “qolmay”, bilmätin “bilmasdan”.
-yïn, -yin qoʻshimchasi ayrim fe’llarda uchraydi. Bu affiks bilan yasaluvchi ravishdoshning inkor formasi va funktsiyasi jihatidan –matï, -mäti, matïn, -mätin bilan hosil bo‘luvchi ravishdosh to‘g‘ri keladi. Uning bo‘lishli shakli ayrim misollar qadimgi turkiy tilda bor: bolmayïn, qaldurmayïn; bodun bolsun teyin “xalq bo‘lsin deb”, … oluruŋ teyin temiš “o‘tiring deb aytdi”, tuyun “bilib”.
-ğalï, -gäli, -qalï, -käli affiksi bilan yasalgan ravishdoshning asosiy ma’nosi ish- harakatning bajarilishidan ko‘zlangan maqsadni ifodalashdir: sančğalï “sanchgani”, alğalï “olgani”, yüküngäli “yukungani”, üzgäli “uzgani”, satqalï “sotgani”, tutqalï “tutgani”, öritkäli “ta’sir qilgani”, istädkäli “izlatgani”.



Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin