L undoshi oʻrxun-yenisey yodgorliklarida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda lom ل harfi orqali ifodalangan. Sonor turkiy tillarning xususiyatidan kelib chiqib, so‘z boshida uchramaydi, so‘z o‘rtasi va oxirida mavjud: altï otuz“yigirma olti” (BX), Eltärishqağan“Eltarish xoqon” (Toʻn), yïğïlmïš“yigʻilgan”(Oltun yorug‘).
R sonori oʻrxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida- alohida harflar hamda qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda re ر harfi yordamida qayd etilgan. Sirg‘aluvchi, til oldi vibrant tovush, turkiy so‘zlarning boshida kelmaydi. Qaltiroq yoki vibrant undosh deb til uchining titrashi natijasida vujudga kelgan tovushga aytiladi: arqïš “karvon” (BX), qurïğaru“g‘arbga” (KT), yağïzyer “qo‘ng‘ir yer” (KT).
N undoshi oʻrxun-yenisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda alohida-alohida harflar, qadimgi uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda nun ن harfi orqali ifodalangan. Bu tovush til oldi, portlovchi, sonor, nazal bo‘lib, so‘z boshida kamroq, boshqa o‘rinlarda ko‘proq uchraydi: näŋ “narsa” (KT), ana “ona” (Toʻn), tümän“o‘n ming” (BX).
Ŋ sonori oʻrxun-yenisey xatida maxsus harf, uyg‘ur va arab yozuvlarida nun ن va kof ک harflari orqali ifodalangan. Sirg‘aluvchi, burun tovushi, so‘z o‘rtasi va oxirida qo‘llanadi17: köŋül “ko‘ngil” (Ton), küŋ boltï“joriya bo‘ldi” (KT), bïŋ“ming” (Toʻn).
Yonma-yon kelgan undoshlarni ifodalovchi harflarLT:qulboltï“qul bo‘ldi” (KT),baltu“bolta” (Oltun yorug‘),yoltuz “yulduz” (KT).
NT:yont“ot” (MCh), käntü“o‘z” (KT), küntüz“kunduz” (Toʻn).