Č undoshi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda сhim چ harfi bilan yozilgan, afrikat, jarangsiz, qorishiq tovush barcha unli va undoshlar bilan yondosh keladi: čïğan“kambag‘al” (KT), yärči“yo‘l ko‘rsatuvchi” (Ton), Tabğač “Xitoy” (Toʻn).
Š undoshi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda shin ش harfi bilan yozilgan, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush barcha unli va undoshlar bilan yondosh keladi: šad “shad, unvon nomi” (KT), ašsïz “yeguliksiz” (KT), yaš “yosh” (E), örtänmiš“o‘rtangan” (Irq).
K undoshi urxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda kof ک harfi bilan ifodalangan. Bu jarangsiz, portlovchi tovush jarangli va jarangsiz tovushlar hamda sonorlar bilan yondosh keladi: küč “kuch, quvvat” (KT), ičkü“ichimlik” (Oltun yorug‘), kölkä “kolga” (Irq).
Q tovushi oʻrxun hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab xatidagi manbalarda qof ق harfi bilan ifodalangan, jarangsiz, portlovchi, chuqur til orqa tovush turkiy so‘zlarning barcha holatida qo‘llanadi: qağan“xoqon” (KT), yablaq “juda” (Oltun yorug‘), Qaraqum“joy nomi” (Toʻn).
SONORLAR
M undoshi oʻrxun-yenisey hamda uyg‘ur yozuvlarida maxsus harflar, arab yozuvidagi manbalarda mim م harfi orqali ifodalangan. Sonor b dan talaffuzida burun bo‘shlig‘ining ishtiroki borligi va shovqinsizligi bilan farqlanadi. Demak, mlab-lab, nazal, sirg‘aluvchi burun tovushi: män“men” (KT) , kümüš“kumush” (Toʻn), qaŋum“otam” (Irq).
Y sonori urxun-enisey xatida yumshoq va qattiq talaffuzli so‘zlarda maxsus belgi, uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab xatidagi manbalarda yo ى bilan berilgan, jarangli, sirg‘aluvchi fonemadir. Barcha unli va undoshlar bilan yondosh keladi: yämä“yana” (KT), ayğučï“masllahatchi” (Toʻn), käyik“yovoyi hayvon” (Toʻn).