17 Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008. - B. 61.
(Oltun yorug‘).
Singarmonizm
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat bo‘lgan. Bu davrda birinchi bo‘g‘inning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra so‘z yoki butun bir jumla qattiq yoxud yumshoq talaffuz qilingan.
Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi. Masalan: körürközümkörmäztäg,bilirbiligimbilmäztägboltï. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjud boʻlgan:
tanglay uyg‘unligi yoki palatal attraksiya;
lab uygunligi yoki labial attraksiya.
Tanglay uyg‘unligi so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va qo‘shimchalarning o‘zakka qator va qalin-ingichkalikda moslashuvidir:
alqïntï(tugadi) älig(elni, davlatni)
oğuzğaru(o‘g‘uzga) ilgärü(oldinga)
barïğ(borish) bilig(bilim)
Lab uyg‘unligi birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvidir.
atïm(otim) küčüg(kuchni)
bodun(xalq) közüm(ko‘zim)
älimiz(davlatimiz) sümüz (lashkarimiz)
Demak, singarmonizm qonunida so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi unli fonema qanday bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inida ham shu unli fonemaga moslashadi, ya’ni so‘zning birinchi bo‘g‘inida til orqa unlisi bo‘lsa, uning hamma bo‘g‘inlarida ham til orqa unlisi bo‘ladi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida til oldi unlisi bo‘lsa, qolganlarida ham til oldi unlisi bo‘ladi.
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuniyatining ba’zan tanglay yoki lab garmoniyasi buzilganligi ham kuzatiladi, biroq uning qattiq-yumshoqligi har doim saqlanib qoladi. Yopiq bo‘g‘inli so‘zlarda lablangan unlilarning ishlatilishi doimiy hodisa sifatida saqlanib qoldi. Lab garmoniyasi ko‘proq fe’lning shaxs-son shakllarida uchraydi. Shuningdek, ushbu jihat egalik, so‘roq yuklamasi, ravishdosh, sifatdosh, fe’l zamonlari qo‘shimchalarida ham ko‘rinadi: özüm, özüŋ, ičikdim, olurva h.
Mahmud Qoshg‘ariy lablangan va lablanmagan unlilarning o‘rni haqida fikr yuritib, bunga o‘tgan zamon fe’lining birinchi shaxs birligini misol qilib ko‘rsatadi. Uning ma’lumotiga ko‘ra fe’lning bu shakli turklarda bardïm, o‘g‘uzlarda esa bardumtarzida boʻlgan. Bundan ko‘rinadiki, o‘sha davrdayoq dialektlarda singarmonizm qonunining buzilishi boshlangan.
Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to‘la aks etgan bo‘lsa- da, boshqa bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga ega. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo‘lib Qoshg‘ariy tasdiqlagan. U turkiy so‘zlarning o‘zak xarakteriga qarab qattiq o‘zakli so‘zlarga qattiq affikslar, yumshoq
o‘zakli so‘zlarga yumshoq affikslar qo‘shilishini aytib o‘tgan.