Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə24/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

O‘z qatlam. Qadimgi turkiy tilning asosiy soʻz boyligini, shubhasiz, turkiy tilga xos bo‘lgan qatlam tashkil qiladi. Bu qatlam hozirgi turkiy tillarning barchasiga tegishli bo‘lgan leksemalardir.

Qadimgi turkiy tilda toponimlar, etnonimlar, zoonimlar, tabiat hodisalari, mansab, qarindoshlikni bildiruvchi leksemalar, harbiy terminlar, astroponimlar, kiyim-kechak nomlari kabi mavzui guruhga oid so‘zlar qo‘llangan. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalamiz.
Toponimlar. V-X asrlardagi obidalarda anchagina joy nomlari uchraydi. Mazkur toponimlar o‘sha davrlarda yashagan turkiy xalqlarning kundalik moddiy, madaniy turmush tarzi, ularning qayerlarda istiqomat qilganliklari, kasb-hunari, etnik sostavi haqida ma’lumot beradi. biriglarda quyidagi toponimlar uchraydi: Čuğay, Šantuŋ, Kögmän, Tämir qapïğ, Qïtan (To‘n.), Ötükän yïš, Tuput, Yär bayïrqu, Purum, Tabǧač (KT) va boshqalar. Bularning leksik-semantik xususiyatlari diqqatga molik:
Ba’zi toponimlar biror narsa - predmetning rang-tusiga qarab qo‘yilgan.
Masalan: Qaraqum (KT), Qïzïlqum (KT), Qara köl (KT), Yäšil ögüz (KT).
Etnonimlar, ya’ni urug‘ va qabilalarning nomidan joy nomlari hosil bo‘ladi: Türk
(KT), Qïrqïz (KT), Tabǧač (To‘n), Oğuz (KT), Az (To‘n) va boshqalar.
Tomonlarni ifodalovchi toponimlar: - oʻng tomon, sharq, Qurï - g‘arb, Biri
- janub (To‘n), Yïra - soʻl tomon, shimol (To‘n).
Tog‘lik joylarni bildiradigan toponimlar: Qadïrqan yïš Qadirqan vodiysi, Ötükän yïš - Ötükän vodiysi (To‘n).
Gidrotoponimlar. Qadimgi turkiy tilning lug‘at boyligida gidrotoponimlarni bildiradigan leksemalar ham anchagina. Bunday gidrotoponimlarga Säläŋä Selenga daryosi (KT), Yinčü ögüz – Sirdaryo (Toʻn), Ärtis ögüz – Irtish daryosi (Toʻn) kabilarni ko‘rsatish mumkin.

    1. asrlarda daryo nomiga ögüz so‘zi qo‘shib ishlatilgan: Taluy ögüz – dehgiz, ummon, Yašïl ögüz – Xuanxe daryosi (KT), Käm ögüz (Mch), Toğla ögüz – daryo nomi (Toʻn), Yar ögüz - daryo nomi (Mch) va boshqalar.

Dengiz, ko‘l nomiga köl so‘zini qo‘shib ishlatilgan: Türgi yarğun köl
dengiz nomi (KT), Qara köl - koʻl nomi (KT).

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin