Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə17/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

UNDOSHLAR


Qadimgi turkiy tilda quyidagi undoshlar amalda bo‘lgan: l, m, n, ŋ, r, b, g, d, z, ğ, y, p, t, s, š, k, q, č

  1. Jarangli: b, g, d, z, ğ

  2. Jarangsizlar: p, t, s, š, k, q, č

  3. Sonorlar: l, m, n, ŋ, r, y

O‘rxun alifbosidagi ayrim harflar tovushlar birikmasini ifodalaydi: nt, nč, lt, mt. Bu birikmalar jarangli va jarangsiz tovushlar birikmasidan iborat: bunday xususiyat uyg‘ur va arab alifbosida uchramaydi. Qadimgi turkiy tilda b, m, p lab undoshlari mavjud. Sirg‘aluvchi lab undoshi f yo‘q. O‘rxun yozuvida v uchun maxsus harf kuzatilmaydi. Uning o‘rnida b ni bildiruvchi harf ishlatiladi. Uyg‘ur yozuvida esa v uchun maxsus harf bor. Qadimgi turkiy tilda bo‘g‘iz undoshi h va til orqa x, sirg‘aluvchi j undoshi mavjud boʻlmagan.

Jarangli undoshlar


B undoshi lab-lab, portlovchi, jarangli, shovqinli undosh bo‘lib, so‘z boshi, o‘rtasi, oxirida uchraydi: bu, yabğu (amir), sab (so‘z). O‘rxun-enisey manbalarida tanglay uyg‘unligiga asosan qattiq va yumshoq aytiluvchi so‘zlarda alohida-alohida belgilar bilan berilgan. Uyg‘ur yozuvida maxsus harf, arab yozuvidagi manbalarda be ب orqali ifodalangan. Qadimgi b hozirda ba’zi so‘zlarning boshida m ga aylangan: buŋ – muŋ (qayg‘u). Bu jarayon qadimgi turkiy til davridan ilgariroq boshlangan, chunki qadimgi yodnomalarda ikki fonema paralel ishlatiladi: bän - män (men). Qadimgi b bugungi kunda ko‘p so‘lar o‘rtasi va oxirida v ga aylangan: sub – suv, ab – ov, qaba - qama.
V undoshi faqat X asrga oid uyg‘ur yodnomalarida bor. Mazkur jarangli tovush so‘z o‘rtasi va oxirida o‘rxun yodnomalaridagi b o‘rnida uchraydi: sav “so‘z” (Oltun yorug‘) – äv “uy” (Turfon matnlari). Uyg‘ur yozuvida maxsus belgi bilan, arab yozuvida vov و orqali beriladi. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, turkiy xalqlarda v undoshining talaffuzi ikki xil bo‘lgan. O‘g‘uzlar uni lab-lab, boshqa turk qabilalari lab-tish tarzida talaffuz qilishgan16.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin