ADABIYOTLAR
Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982.
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
Исҳоқов М., Содиқов Қ., Омонов Қ. Мангу битиглар. – Т.: Тошкент давлат шарқшунослик институти, 2009.
Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.
Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.
Рустамов A. Ибн Арабшоҳ туркий ёзувлар ҳақида // Адабий мерос.
-Тошкент, 1976.
Sanaqulov U. Oʻzbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navroʻz, 2015.
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006.
Содиқов Қ. Қадимги туркий ёзувлар. -Тошкент, 1995.
Умаров Э. Урхун ёзуви. -Тошкент, 2013.
§ QADIMGI TURKIY TIL FONETIKASI
Asosiy tushunchalar: fonema, tovush o‘zgarishlari, unlilar, undoshlar, singarmonizm, jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar, sonorlar, tanglay uyg‘unligi, lab uygunligi, yonma-yon keladigan undoshlar, fonetik hodisalar.
Ma’lumki, fonetika ma’lum bir til unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos bo‘lgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar kabi masalalarni o‘rganadi.
Qadimgi turkiy til fonetikasi, undagi unli va undosh tovushlar haqida aniq va qat’iy bir fikr aytish mushkul, chunki ularning bevosita talaffuz me’yorlarini kuzatishdan, tadqiq qilishdan mahrummiz. Bu haqda yodnomalar tilini o‘rganish orqali xulosalar chiqarish mumkin. Ko‘k turk bitiglaridagi harflar soni 38-40 ta atrofida. Ayrim matnlarda ularning soni bundan ham ko‘proq.
Dostları ilə paylaş: |