Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili


Ï unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; i



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə16/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

Ï unlisi lablanmagan, tor va orqa qator; i ham lablanmagan, tor, old qator. Bu ikki unli fonema hozirgi o‘zbek adabiy tili - singarmonizmsiz lahja va shevalarda ï ning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchragan, ya’ni bir fonema (i)ga aylangan. Ammo o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalari hamda boshqa turkiy tillarda o‘z holicha saqlangan. Masalan, qozoq, qirg‘iz va tatar tillari hamda o‘zbek tilining qipchoq shevalarida sïz-(chiz-) fe’li bilan siz olmoshi bir-biridan ï va i fonemalari tufayli farqlanadi. Qadimgi turkiy tilda ham orqa qator ï bilan old qator i ikki mustaqil fonemadir15:
yig (yaxshi) yïğ- (yig‘moq) tik- (tikmoq) tïq- (tiqmoq) yal (yol) yïl (yil)
O unlisi lablangan, keng va orqa qator; ö ham lablangan, keng, lekin old qator. Bu ikki fonema ham hozirgi o‘zbek adabiy tili hamda singarmonizmsiz lahja va shevalarda o ning oldinga siljishi natijasida konvergensiyaga uchragan, ya’ni bir fonema (o)ga aylangan. Ammo boshqa turkiy tillar, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida o bilan ö ikki mustaqil fonemadir. Masalan, mazkur til hamda lahjalarda ot (olov yoki o‘simlik)dan öt (tana a’zosi yoki o‘tmak fe’li) o, ö unlilari yordamida farq qiladi. Qadimgi turkiy tilda orqa qator o bilan old qator ö lohida fonema sanaladi:
ol (u) ö l- (o‘lmoq)
ot (olov) ö t- (o‘tmoq)
oz- (o‘zmoq) ö z (o‘z, jon)
U unlisi lablangan, tor va orqa qator; ü ham lablangan, tor, lekin old qator. Bu unlilarning ham hozirgi holati ö va o unlilariniki singaridir. Qadimgi turkiy tilda ham u va ü alohida fonema hisoblanadi:
tu- (to‘smoq) t ü (tuk)


14 Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. -Тошкент, 2006. – Б.118.
15 Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982. –Б.7-8.
ur- (urmoq) ür-(puflamoq) (uch) ü č (3)
Hozirgi o unlisini qadimgi turkiy tilda a unlisi ifodalagan. Masalan, hozirgi bosh, so‘zi bash, qor so‘zi qar tarzida talaffuz etilgan. E unlisi hozirgidek mustaqil fonema bo‘lmasdan ä ning varianti sifatida talaffuz qilingan: äl el.



Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin