Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə15/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

UNLILAR


Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor- kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - a, ï, o, u orqa qator, ä, i, ö, ü old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ä, o, ö; tor unlilar - i, ï, u, ü. Lablanmagan unlilar – a, ä, i, ï; lablangan unlilar – o, ö, u, ü.
Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; ä - lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq, qirg‘iz hamda ko‘pgina qardosh turkiy
tillarda, shuningdek, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar va boshqirt tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida ɔ (hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon ɔ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib ä ga aylangan. Qadimgi turkiy tillardagi ä unlisi esa hozir torayib, ko‘pgina turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida birinchi bo‘g‘inda e ga aylangan. A.Amanjolov oʻrxun bitiglaridagi i yoki yozuvda har doim ifodalanmaydigan ä harfi o‘rni bilan e tovushini ham anglatganini ta’kidlaydi. Uning xulosasiga ko‘ra e tovushi oʻrxun bitiglari tilida ä ga variant sufatida (ä-e) qo‘llangan14. Misollar:

at (ot)
ab (ov) ar-(alda-)
aš-(osh-) san (son)

ät (et, go‘sht) äb (uy)
är (er) äš(esh)
sän (sen)

adağ(oyoq) qağan (xoqon) anda (unda) apa (opa)
qara (qora)


Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin