Bir necha ergash gapli qoʻshma gaplar. Qadimgi yodnomalar tili ma’lum darajada shakllangan yozma adabiy til edi. Shuning uchun ham bu yodnomalarda qo‘shma gapning turli shakllari - bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar, ergash va bog‘lovchisiz gaplarni o‘z ichiga olgan murakkab tarkibli qo‘shma gaplar qo‘llaniladi: Ältärišqağanqazğanmasar,yoqärtiärsär,bänö zümBilgäTonyuquq qazğan- masar, bän yoq ärtim ärsär Qapağan qağan türk sir bodunyärintäbodyämäkišiyämäidiyoqärtäčiärti- Eltaris xoqon qozonmasa, yo‘q
bo‘lsa, men oʻzim Bilga Toʻnyuquq qozonmasam, men yoq bolsam, Qapagʻan xoqon, turk sir xalqi erida urugʻ ham, kishi ham, ega ham yo‘q bo‘lgan bo‘lardi (Toʻn).
Tarkibi turli tipli konstruksiyalardan tuzilgan murakkab tarkibli qo‘shmagaplar uchraydi: Yuyqa ärklig topulğalï učuz ärmis,yinčgä ärklig üzgäli učuz,yuyqa qalïn bolsar, topulğuluq alp ärmis, yinčkä yoğan bolsar, üzgülük alp ärmis – Yupqa narsa engishga oson emish, ingichka narsa uzishga oson, yupqa qalin bo‘lsa, to‘plovchi bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzuvchi bahodir emish (Toʻn).
Savol va topshiriqlar
Sodda gapning xususiyatlarini bayon eting.
Qo‘shma gapning grammatik asosini izohlang.
Bogʻlangan qoʻshma gaplar haqida ma’lumot bering.
Ergash gapli qo‘shma gaplarlarning bosh gapga birikish yollarini tushuntiring.
Bir necha ergash gapli qoʻshma gaplarning xususiyatlarini haqida soʻzlang.