Savol va topshiriqlar
Gap bo‘laklarining xususiyatlarini tahlil qiling.
Gapning grammatik asosini izohlang.
Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari haqida ma’lumot bering.
Gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan birliklar xususida fikr yuriting.
Sodda gaplardagi predikativ munosabatni tushuntiring.
Gapning turlarini misollar asosida bayon eting.
Test sinovi
Tabğač qağan yağïmïz ärti gapining egasini toping?
tabğač S) qağan
tabğač qağan D) yağïmïz ärti
Näŋ näŋ sabïm ärsär baŋu tašqa urtïm gapida kesim qaysi soʻz turkumi bilan ifodalangan?
ot S) fe’l
olmosh D) ravish
Qaltï tämir qazğuquğ yergä toqïsar – keltirilgan gapda tämir soʻzi qaysi boʻlak vazifasida kelgan?
ega S) toʻldiruvchi
aniqlovchi D) hol
Bu yolun yorïsar, yaramačï, tedim – bu gapda aniqlovchi qaysi soʻz turkumi bilan ifodalangan?
ot S) sifatdosh
sifat D) olmosh
Toquz oğuz bodun üzä qağan olurtï – gapdagidan toʻldiruvchini toping?
toquz oğuz S) üzä
bodun D) bodun üzä
Tabğač, birdänäyin täg, qïtan, oŋdanayïn täg, bän yïrdanayïn tägäyin
jumlasi gapning qaysi turiga kiradi?
darak gap S) buyruq gap
his-hayon gap D) his-hayonsiz gap
Türk qağan Ötükän yïš olursar – ushbu gapda hol qaysi soʻz turkumi bilan ifodalangan?
ot S ravishdosh
ravish D) olmosh
Yïraya oğuzda iki üč biŋ sümüz kältäčimiz barmu nä? - jumla gapning qaysi turiga kiradi?
darak gap S) buyruq gap
soʻroq gap D) soʻroq- buyruq gap
ADABIYOTLAR
1982.
Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи,
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy
grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
Абдурахманов Г. Исследования по старотюркскому синтаксису. – М.: Наука, 1967.
Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.
Серебренников Б.А., Гаджиева Н.З. Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. -Баку, 1979.
11 §. QO‘SHMA GAP SINTAKSISI
Asosiy tushunchalar: sodda gap, qoʻshma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar, bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplar, ega ergash gapli qoʻshma gap, aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap, toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap, kesim ergash gapli qoʻshma gap, payt ergash gap, shart ergash gap.
Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo‘lgan gap qo‘shma gap hisoblanadi. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng yoki tobe munosabatda bo‘ladi.
Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining ilk davrlarida kommunikativ vazifani, asosan, sodda gaplar bajargan. Murakkab fikrlarni ifodalashda sintaktik aloqaning eng qadimgi turi bo‘lgan bitishuv yo‘li bilan bog‘langan konstruksiyalardan foydalanilgan.
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog‘lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi nazarda tutiladi. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalardir. Qo‘shma gap qismlari bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang yordamida bog‘lanadi.
Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: bog‘langan qo‘shma gaplar; ergashgan qo‘shma gaplar; bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Barcha qo‘shma gaplar tarkibida ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni mujassamlantirishi bilan xarakterlanadi. Bu sodda gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘lishi yoki qo‘shma gapning bir qismi ikkinchisini izohlab kelishii mumkin.
Dostları ilə paylaş: |