Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili



Yüklə 3,95 Mb.
səhifə67/82
tarix24.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#160082
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
baxtiyor abdushukurov.qadimgi turkiy til

GAP VA UNING TURLARI


So‘zlar vositasida anglatilgan fikr gap deyiladi. Muomala vositasining eng kichik birligi gap hisoblanadi. Gap nisbiy tugallangan fikrni bildiradi.
Qadimgi turkiy tilda ham hozirgidagi kabi darak, so‘roq, buyruq gaplar mavjud. Biroq darak gaplar ikkalasiga nisbatan koʻproq qoʻllangan. Qadimiy turkiy tilda darak gap biror hodisa haqida xabar beradi, biror faktni yoki belgini bayon qiladi, tasdiqlaydi yoki inkor qiladi: Qapağan, Ältäriš qağan äliŋä qïlïntïm – Qapagan, Eltarish xoqon eli (davlati)da voyaga etdim; Qamağ balïqa tägdim, qunladïm, altïm - barcha shaharga etib bordim, talon-taroj qildim, qoʻlga kiritdim(Oʻn).
Buyruq gap. Buyruq gap tinglovchiga biror ishni bajarish uchun buyurish, do‘q, iltimos, yalinish, nasihat, ta’kidlash, chaqirish va boshqa shu kabi ma’nolarni bildirgan. Buyruq gaplarning kesimi –zun, -zүn, -ayïn, -alïm, -älim, -qïl, -kil, -ğïl, - gil kabi affikslar bilan shakllanadi. Sabïmïn tügäti išitgil - soʻzimni toʻliq eshitgil (KT).
So‘roq gap. Obidalarda qoʻllangan so‘roq gaplar ba’zan faqat so‘roqni, ba’zan so‘roq ham xayratlanish, taajjubni, ba’zan taxmin, gumon va shubha ottenkasini bildiradi. So‘roq gap kesimi bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda voqelanishi mumkin: Näkä qorqurbïz? Nägü kätär sizlär? (Oltun yorugʻ).
So‘roq gaplarni mazmuniga ko‘ra sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar va so‘roq –buyruq gaplarga ajratish mumkin.
Sof so‘roq gaplarda javob talab qilinadi. Bunday so‘roq gaplarda shubha va tajjub mazmuni ifodalanadi: Qağanlïğ bodun ärtim, qağanim qani – xoqonli xalq edim, xoqonim qani? irinč tïnlïğ bolğay mu – baxtsiz jonzotlar topiladimi (Oltun yorugʻ).
Ritorik so‘roq gaplarda javob talab qilinmaydi. Ritorik so‘roq gap tasdiq ma’nosini anglatadi: qağanqa išig kučug berürmän?! qaysi xoqonga mehnatimni, kuchimni sarf qilayapman (KT).
So‘roq-buyruq gaplarda ham so‘roq, ham buyruq ottenkasi bo‘ladi: yïraya oğuzda iki üč biŋ sümüz kältäčimiz barmu nä? - shimoldan oʻgʻuzdan ikki uch ming keladigan lashkarimiz bormi, nima? (Toʻn).
Qadimgi turkiy tilda ko‘chirma gaplar keng qo‘llangan. Ko‘chirma gap muallif gapi bilan tä - fe’li orqali bog‘lanadi: …bodun anča tämis: «ällig bodun ärtim, älim amtï qanï? Kimkä älig qazğanurman?» - tär ärmis – xalq shunday degan: “davlatli xalq edim, elim endi qani? Kimga davlatni egallab berayapman” – der ekan (KT).
Ba’zi ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar -mä fe’li vositasida emas, mazmunga ko‘ra birikadi. Ol sabïğ ït(t)ïm: qantayïn sabïğ yana kälti – oʻsha xabarni aytdim: yana qandayin xabar keldi (To‘n).
Gap emotsionallikka (his-tuyg‘u ifodalanishiga) ko‘ra his-hayajon (undov) gap va his-hayajonsiz gaplarga ajratiladi. His-hayajonsiz gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytiladi. His-hayajon gaplar oxirida undov belgisi qo‘yiladi. His-hayajon gaplar undov so‘zlari orqali hosil qilinadi: kün ay azïdïm yïta! kun va oyni koʻrmas boʻldim, afsus; Tabğač, birdänäyin täg, qïtan, oŋdanayïn täg, bän yïrdanayïn tägäyin - Tabgʻach, sen oʻngdan hujum qil! Qitan, sen oldindan hujum qil! Men chapdan hujum qilay (Toʻn).
Grammatik asoslarning miqdoriga ko‘ra gaplar sodda (bir grammatik asosli)
va qo‘shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo‘linadi. Sodda gap tarkibida bitta kesim bo‘ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo‘shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo‘ladi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik) va egasiz gaplar (Yangi filmni tomosha qildik). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra: sodda yig‘iq gaplar (bod qalmadï - urugʻ qolmadi), sodda yoyiq gaplar (Yağïmïz tegrä učuq tägirti – dushmanimiz tegra (atrof)da qanot yoydi)ga bo‘linadi (Toʻn).
Turkiy tillarning ilk taraqqiyot davrida sodda gaplar faol qo‘llangan. Bir grammatik asosga ega bo‘lgan gap sodda gap hisoblanadi. Sodda gapning asosini kesim tashkil qiladi. Gapning asosiy mazmuni kesimda ifodalanadi. Sodda gaplarning eng qisqa ko‘rinishi: ega+kesim modelida bo‘ladi: qan bertim – xon berdim (Toʻn); Čan Saŋun kälti – Chan Cangun keldi (KT).
Qadimgi turkiy tilda, hozirgi zamon turkiy tillaridagidek, kesim qaysi turkum bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: fe’l-kesim va ot-kesim.
Fe’l-kesim asosan fe’lning funksional shakllari orqali ifodalanadi: …azča bodun täzmis ärti – ozgina xalq qochgan edi (Toʻn); Kütä tururlar – kutib turarlar (Un); Közüg yumup ačqïnča - koʻzni yumib ochguncha (TT).
Ot-kesimli sodda gaplar qadimgi turkiy tilda keng tarqalgan boʻlib, murakkab ot-kesim tarkibida bog‘lamalar ishtirok etadi. Ot-kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalanadi. Kesimlik ko‘rsatkichi vazifasida bog‘lamalar (-man, -san, -di, ol, bol, tur, är) qo‘llanadi: Ozum tarduš üzä šad ärtim - o‘zim tardush eli ustidan shod edim. Qarluq bodun . . . yağï boltï — qarluq xalqi yov bo‘ldi (KT). Ammo bu belgilar bo‘lmasligi ham mumkin. Bunda kesim gapning mazmuni, intonatsiyasi, o‘rnidan bilinib turadi. Türk bodun yämä bulğanč - ol, tämiš - Turk xalqi ham sarosimadadir, - debdi (Toʻn).



Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin