Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə113/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Yevro - yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-to’lov birligi bo’lib, YeIga a’zo mamlakatlar hududida EKYu o’rniga joriy etilgan.
Yevropa valyuta tizimi (YeVT) — YeI a’zolarining hududiy valyuta guruhi.
Yevropa Ittifoqi (YeI) — G’arbiy Yevropaning 25 ta davlatini birlashtiruvchi iqtisodiy va siyosiy guruh.
Yevropa tiklash va taraqqiyot banki (YeTTB) – o’z faoliyatini 1991 yili boshlandi, uning ta’sischilari 34 mamlakat hisoblanadi. YeTTBning asosiy vazifalari loyihalarni moliyalashtirish va kreditlash, xususiy kapital qo’yilmalarga kafolatlar berish, iqtisodiyot tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqarish.
Yevropa erkin savdo uyushmasi (YeESU) - Yevropadagi qator yetakchi sanoati va savdosi rivojlangan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy tashkiloti bo’lib, 1960 yilda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tashabbusi bilan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati davlatlariga posangi sifatida tashkil topdi. “Umumiy bozor”ga qo’shilishi munosabati bilan 1973 yili Buyuk Britaniya va Daniya, 1986 yili Portugaliya YeESUdan chiqdi. Bu uyushmaning hozirgi a’zolari Avstriya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Shvesariya, Finlyandiya. Kotibiyatning shtab-kvartirasi Jeneva (Shveysariya) shahridir.
Jami ijtimoiy mahsulot – muayyan davr mobaynida jamiyatda hosil qilingan barcha iste’mol qiymatlari yig’indisi. Jami ijtimoiy mahsulotni ayrim kishilar, korxonalar, tarmoqlar va hokazolarning 1 yil davomida yaratgan mahsulot majmui sifatida ta’riflash mumkin.
Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan holda milliy narx ko’rsatkichlari ta’sirida xalqaro savdo markazlarida hosil bo’ladi.
Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko’rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarni o’z ichiga oluvchi XIMlarning subyektlarini (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporasiyalar) o’zaro iqtisodiy ta’sirlanishidagi global muhitidir.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin