Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT)



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə114/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Jahon valyuta-moliya tizimi (JVMT) —xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida uzoq davom etgan evolyusiya rivojlanish bosqichlar natijasida shakllangan va davlatlararo bitimlar orqali mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etishdagi ko’rinishdir.
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) — milliy xo’jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o’rtasida jami migrasion aylanmasi
Jahon puli – xalqaro miqyosda hamma uchun umumiy xarid vositasi, umumiy to’lov vositasi, boylikning umumiy moddiy timsoli, baynalminal qiymat ifodasi bo’lgan puldir. Jahon puli vazifasini dastlab ma’lum vazifadagi oltin yombilari bajargan, so’ngra xalqaro miqyosda obro’-e’tiborli milliy pul (dollar, funt sterling) jahon pullari deb e’tirof etilgan.
Import – ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat keltirish. Import miqdori va takribi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq.
Immigrant – muxojir, boshqa mamlakatdan ko’chib kelgan kishi.
Immigrasion kvota — xorijiy fuqarolarni kirib kelishi davlat tomonidan miqdoriy cheklash.
Investor – o’z nomidan va o’z hisobidan mijozlarning topshirig’iga binoan iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga o’z kapitalini qo’yuvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Investision muhit — mamlakatlar iqtisodiyotida xorijiy investisiyalarning samarali aylanishi, zarur bo’lgan shart-sharoitlar kompleksi.
Injiniring — ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish obyektini qurib, ishga tushirish bo’yicha xizmatlar sohasi.
Inkasso — mijoz (eksportyor) buyrug’iga ko’ra jo’natilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun importyordan to’lovni qabul qilish va bu mablag’larni eksportyor hisobiga o’tkazish operasiyasi.
Innovasion faoliyat — yangi nazariy modelni bozor talabiga mos texnologiya-tovarga aylantirishdan iborat bo’lgan uzoq jarayondir.
Integrasiya – biror-bir elementlarni bir butunga birlashtirish. Iqtisodiyotda xo’jalik hayotni baynalmilalashtirishning oliy shakli bo’lib, bunga xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish obyektiv ravishda sabab bo’ladi.
Inflyasiya – pulning qadrsizlanishi. Muomaladagi pul massasini tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan to’liq ta’minlanmasligidan kelib chiqadi. Inflyasiya tovar bahosining ochiqchasiga va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin