Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə112/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Global muammolar — olamshumul iqtisodiy, ijtimoyi- siyosiy va ahamiyatga ega bo’lgan va o’z yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarning birgalikdagi harakatlarini talab etuvchi sivilizasiyamizning eng dolzarb masalalari.
Davlat buyurtmasi – davlat tomomnidan muayyan mahsulot turini tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazib berish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot xarakteridagi ma’lum ishni bajarish bo’yicha korxona va xo’jaliklarga beriladigan topshiriq. U birinchi navbatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni kafolatlaydi.
Davlat byudjeti – davlat daromadlari va xarajatlarining pul bilan ifodalanadigan yillik majmui.
Davlat qarzi – davlatning o’z fuqarolari, banklar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, xorij mamlakatlaridan qarzi. O’z manbaiga qarab, davlat qarzlariga, ichki va tashqi davlat qarziga bo’linadi. Davlat o’z harajatlarini daromadi bilan qoplay olmay qarz oladi, qarz hisobidan o’z byudjetining kamomadini vaqtincha qoplaydi.
Davlat mulki – davlat vazifalari bajaraishga xizmat qiluvchi davlat korxona va muassasalarining mulki.
Daues plani” – 1924 yilda qabul qilingan bo’lib, Chikago banklari direktori Ch.Daues (Morgan banki bilan chambarchas bog’liq) tomonidan ishlab chiqilgan rejadir. Birinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Germaniyaga g’olib davlatlar (Angliya, Fransiya va boshqalar) tomonidan yuklangan harbiy tovonni (reparasion to’lov) yengillashtirish va shu yo’l bilan Germaniya iqtisodiyotini tiklashdir. Rejaga ko’ra, G’arbiy Yevropaning yetakchi davlatlari 200 mln. Dollarli (uning 110 mln. AQShniki) xalqaro zayom bergan bo’lib. Bu yordam birinchi galda mamlakatning og’ir sanoatini rivojlantirishga qaratilgan edi.
"Demografik portlash" — jahonning kam rivojlangan va kambag’al mamlakatlarida nazorat qilib bo’lmaydigan darajada aholi sonini o’sishi.
Devalvasiya — milliy valyuta kursini xorijiy valyutaga nisbatan pasaytirilishi (teskari jarayon — reval­vasiya).
Demping – tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda sotish. Tashqi bozorni egallash uchun mamlakatlar o’z tovarini ba’zan ishlab chiqarish harajatlaridan ham past (arzon) baholarda chetga chiqarishi mumkin.
Dollar – dollar, birinchidan AQSh pul birligi, 100 sentga teng. 1786 yilda kumush dollar, 1965 yilda esa oltin, kumush, mis-nikelli dollar zarb qilingan. AQSh dollari xalqaro valyuta hisob-kitoblarida keng qo’llanadi. Muomalada 100, 50, 20, 10, 5, 2,1 dollarli qog’oz pullar; 1 va 0.5 dollarli va 5, 2, 2 sentli mis tangalar ishlatiladi. Dollar, ikkinchidan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Liberiya, Efiopiya, Malayziya, Singapur, Bermud orollari, Britaniya Gondurasi kabi davlatlarda pul birligi hisoblanadi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin