Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə122/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Umumjahon banki — o’zaro bir-biri bilan bog’liq beshta institutdan tarkib topgan ko’p tomonlama kredit beruvchi tashkilotdir.
Umumiy bozor — ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko’chib o’tishini ta’minlanlovchi iqtisodiy integrasion ko’rinish.
UST — Umumjahon savdo tashkiloti — xalqaro savdoni institusional va huquqiy asosini tashkil etuvchi musaqil davlatlararo tashkilot.
Faktoring — bank yoki faktor-kompaniyalarning mahsulot yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar bo’yicha moliyaviy talabini, ya’ni qarzni keyinchalik xaridordan undirib olish yo’li bilan to’lash vositasidagi jami vositachilik operasiyalar tushuniladi.
FAO – BMTning oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasidagi tashkiloti, 1945 yilning 16 oktyabrida tashkil topdi. Hozirgi kunda bu tashkilotga rasman 160ga yaqin davlat a’zodir.
Fiksing — bu har bir valyutaga talab va taklif hajmini navbatma-navbat solishtirish orqali valyutalarning banklararo kursini aniqlash va qayd etish jarayonidir.
Forvard — bitim imzolangandan keyin ikki kun ichida qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug’urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo’yicha olib borilgan banklararo valyuta-moliyaviy operasiyalar tushuniladi.
Forfetirlash —bir kompaniyaning tijoriy huquqlarini boshqa kompaniyaga naqd to’lov bilan ayirboshlashidir.
Franchayzing — bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanishidir.
Fritred (erkin savdo) — xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga davlatning eng kam darajada aralashuvi natijasida o’z faoliyatini erkin ravishda tanlashini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Fyuchers — qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug’urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo’yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyuta-moliyaviy operasiyalar tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) — yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy tashkilot bo’lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin