Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə123/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — mamlakatlar va hududlar o’rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporasiyalar ishtirokidagi xo’jalik aloqalari tizimidagi munosabatlar tushuniladi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperasiyasi — ishlab chiqarish bosqichlarining o’zaro bir-birini to’ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishidir.
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi — mamlakatlar o’rtasidagi mehnat taqsimoti ko’rinishi bo’lib, unda o’zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug’ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi yuz beradi.
Xalqaro kredit — valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, shoshilinch to’lov shartlarida berishlikdir.
Xalqaro moliya korporasiyasi (XMK) – XTTBning shohobchasi sifatida 1956 yilda tashkil topdi, unga 165 mamlakat a’zo (1995 y.). Maqsadi: rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qo’llab-quvvatlash, korxonalarni kapital qo’yilmalar yordamida moliyalashtirish, ishalb chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan xususiy investisiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishga yordam berish.
Xalqaro tiklash va taraqqiyot banki (XTTB) – o’z faoliyatini 1946 yilda boshladi. Bu tashkilotga faqat XVFga a’zo mamlakatlar kirishi mumkin. XTTBning maqsadi: a’zo mamlakatlar iqtisodiyotini qayta qurishga va rivojlanishiga kapital qo’yilmalar berish hamda xususiy chet el investisiyalarini rag’batlantirish orqali ko’maklashish, to’lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berish (25 yilgacha). XTTBning boshqaruv kengashida hal qiluvchi ovozga jahonning yetakchi mamlakatlari (yettilik davlatlari) ega hisoblanadi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) – XTTB ning shoxobchasi sifatida 1960 yildan beri faoliyat ko’rsatmoqda. Uyushmaning asosiy maqsadi kam rivojlangan mamlakatlarga yordam berishdir.
Xalqaro savdo — milliy xo’jaliklar o’rtasida to’lanadigan jami tovar aylanmasi ko’rinishidagi mehnat mahsulotlari ayirboshlashning o’ziga xos shaklidir.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin