Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə124/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Xalqaro tovar nomenklaturasi — mamlakatlar o’rtasida kelishilgan, tasniflangan tovar pozisiyalari ro’yxati bo’lib, har bir tovar pozisiyasi kodlashtirilgan raqamlarga ega bo’ladi.
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) — eng rivojlangan industrial mamlakatlar birlashmasi.
Xalqaro hisob-kitoblar — turli davlatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan kelib chiquvchi pul talablari va majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni tashkil etish va tartibga solish jarayoni.
Xalqaro hisob-kitoblar banki – davlatlararo bank. Marokaziy banklar bilan tijorat muomalasini olib boradi, xalqaro valyuta hamkorligini tashkil qilishda qatnashadi. 1930 yilgi Gaaga konferensiyasiga muvofiq Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya davlatlarining boshchiligida ta’sis qilingan. Hozirgi a’zolari: Yevropadagi 30 mamlakatning Markaziy banklari, shuningdek AQSh, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi hisoblanadi.
Xarid qobiliyati pariteti nazariyasi — valyuta kursi ikki mamlakat pul birliklarining nisbiy qiymati bilan aniqlanadi, u muomaladagi pul miqdoriga bog’liq. Jumladan, Dj. M. Keynsa tamoyiliga ko’ra, davlat tomonidan foiz stavkasini manipulyasiya qilib, mamlakatga xorijdan investisiya oqimlarini quyidagicha o’zgartiradi: foiz stavkasi kamaytirilsa, tashqi qarzlar hajmi ortadi, foiz stavkasi oshirilsa, aksincha, kamayadi.
Xeksher—Olin—Samuelson tamoyili — mamlakatning eksportga ixtisoslashuvi milliy iqtisodiyotdagi ortiqcha ishlab chiqarish omillarining mavjudligiga asoslangan tamoyildir.
Chek — chek imzolaganning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki boshqa hisobga o’tkazish haqida bankka bergan yozma farmoyishidir.
Sharqiy Afrika bo’yicha iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YeKEA) – tashkilotga Zambiya, Keniya, Mavritaniya, Molgash Respublikasi, Somali kabi davlatlar a’zo. 1966 yili BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri sifatida rasman tashkil topdi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin