Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə126/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — ma’lum davr (odatda bir yil) davomida bir mamlakat hududida yaratilgan jami qiymat.
Yangi industrial mamlakatlar” (“YaIM”) — iqtisodiy jihatdan eng tez rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi davlatlar guruhidir.
Qarz konversiyasi — qarz majburiyatlarini ikkilamchi bozorda likvidli bo’lgan qimmatli qog’ozlarga aylantirish.
Qarzga xizmat ko’rsatish me’yori – qarzga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va milliy eksport orasida nisbatdir.
Qarzni diskontlash – kreditor va qarz beruvchi o’rtasida kredit summasini yoki uning bir qismini o’chirishni tushirmoq kerak.
Qarzni restrukturizasiyalash – kreditni to’lash muddatlarini, foizlarni to’lashni orqaga surish orqali cho’zishdir.
Qimmatbaho qog’ozlar bozori – daromad keltiruvchi qimmatbaho qog’ozlar – aksiya, obligasiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishi. Qimmatbaho qog’ozlar bozori amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo’ladi. Bozorda ham sotuvchilar, ham xaridorlar o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular o’rtasida maklerlar-brokerlar (dallollar) vositachilik qiladi. Qimmatbaho qog’ozlar bozori milliy va jahon bozorlaridan iborat.
Butunjahon savdo tashkiloti (-BJST) - VTO) – 1995 yilda ta’riflar va savdo haqidagi bosh bitim (GAAT) bazasida tuzilgan. GAAT esa 1947 yilda tashkil etilgan bo’lib, 90-yillar boshida unga 150 dan ziyod mamlakatlar a’zo bo’lgan.
VTOni tashkil etgan hujjatlar paketi hozir ham xizmat ko’rsatish va savdo haqidagi bosh bitim (GATS) va intellektual mulkdorlarning savdo borasidagi haq-huquqlari to’g’risidagi bitimga asoslanadi.
VTO jahon savdo madaniyatini shakllantiradi va bir necha vazifalarni bajaradi. Xususan, import poshlinaridagi yuqori to’lovlar darajasini qisqartirish, ta’rifsiz cheklovlarning turlarini kamaytirish. Bu nufuzli tashkilot o’z faoliyati bilan dunyo resurslarining xalqaro mikyosda tovar ayirboshlashi, barcha mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishi hamda yon-atrofidagi muhitni yaxshilanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin