Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (MAR-XRA) – BMTning ixtisoslashgan tashkiloti. U 1960 yilda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki filiali sifatida tashkil etilgan. MAR barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda bank faoliyati bo’yicha imtiyoz va sharoitlar yaratilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-XTTB) – hukumatlararo kredit-moliya tashkiloti bo’lib, uning asosiy vazifalari a’zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini rag’batlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam berish va to’lov balanslarini qo’llab-quvvatlashdan iborat.
MBRR Xalqaro rivojlanish asososiasiyasi, xalqaro moliya korporasiyasi va Investisiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi filiallariga ega. Uning bu filiallari jahon bankida yuqori nufuzli moliya muassasalari sanaladi.
Xalqaro valyuta fondi (MVF-XVF) – BMT tarkibidagi moliya tashkiloti. U 1944 yilda (Bretton – Vuds, AĶSh) tashkil etildi. 1947 yildan esa o’z faoliyatini boshladi. Fondning asosiy vazifalari – valyuta kurslarini tartibga solish, ularga rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, to’lov balanslarini bekarorligi munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari yuzaga kelganida o’z a’zolariga valyuta resurslaridan yordam berish.
MVF ga 180 dan ortiq davlatlar a’zo, shular qatorida Rossiya (1992) va MDH davlatlari.
Birlashgan millatlar tashkiloti (OON-BMT) – 192 ta mamlakatlar a’zo bo’lgan yirik xalqaro tashkilot.
BMT 1945 yilda tashkil etilgan. Uning faoliyat maqsadi unga a’zo mamlakatlar tinchligi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvolini yaxshilash. Ularning xalqaro iqtisodiy hamkorlik sari undash, xalqaro iqtisodiy munosabatlar taraqqiyotini ta’minlashdan iborat.
Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) – Xalqaro hukumatlar o’rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning narxlarini belgilash massalarini amalga oshirish bo’yicha 1960 yilda tashkil etilgan.
OPEKka 13 ta mamlakat a’zo: Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Ķator, Ķuvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni va Ekvador.
Dostları ilə paylaş: |