Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Yevropa erkin savdo assosiasiyasi (YeAST)



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə127/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Yevropa erkin savdo assosiasiyasi (YeAST) – 1960 yilda tashkil etilgan hududiy iqtisodiy tashkilot. Dastlab uning tarkibida Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya (1973 yilgacha), Norvegiya, Portugaliya (1983 yilgacha), Shvesariya, Shvesiya bo’lgan.
Keyingi iqtisodiy bosqichlardan so’ng unga Islandiya, Finlyandiya, Lixtenshteyn qo’shildi. 1991-1993 yillarda erkin savdo qilish bo’yicha Turkiya, Chexoslavakiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Vengriya va Bolgariya kelishuvga imzo chekishdi. 1994 yilda esa bu mamlakatlar Yevropa iqtisodiy maydoni haqida hamkorlikni tashkil etishdi. (Shvesariya va Lixtenshteyndan tashqari).
Yevropa hamkorligi (YeS-YeH) – Ђarbiy Yevropadagi uchta hududiy integrasiyalashgan guruhlar: 1951 yil tashkil etilgan Yevropa po’lat va ko’mir ishlab chiqarish uyushmasi (YeOUS), 1957 yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi, va 1958 yilda asos solingan Yevropa atom energiyasi hamkorligi (Yevratom) dan iborat
Yevropada bu yo’nalishlarda hamkorliklar doirasida ko’pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi va 1986 yilda Yevropa Ittifoqini tuzish uchun yagona Yevropa dalolatnomasi qabul qilindi.
Yevropa Ittifoqi (YeS-YeI) – 1992 yildagi Maastrixt shartnomasidan keyin, 1993 yildan Yevropa hamkorligi bazasida tashkil etilgan integrasiyalashgan uyushma. Dastlab unga 12 mamlakat a’zo bo’ldi, ular: Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya va Fransiya. 1994 yilgi kelishuvdan so’ng yana uchta – Avstriya, Finlyandiya va Shvesiya qo’shildi. Shu kecha-kunduzda Yevropa Ittifoqining doirasi 27 davlatga kengaydi.
Hozirda bu hududda «Chegarasiz Yevropa» deya yagona Yevropa g’oyasini amalga oshirish davom etmokda. Ђarbiy Yevropa mamlakatlari o’rtasida siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqi tuzilishida ijobiy o’zgarishlar mavjud.
BMT ning savdo va taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (YuNKTAD) – BMT bosh Assambliyasi organi bo’lib, u 1964 yilda tashkil etilgan.
YuNKTAD ning asosiy vazifasi Xalqaro savdo taraqqiyotini ta’minlash.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin