Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə82/133
tarix11.10.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#153579
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133
JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR majmua

Iqtisodiyotning ko'pukladliligi— iqtisodiyotda yirik va bir-biridan farqla- nuvchi, har biri mayda sektorlardan iborat tarkibning mavjudligi.
Yuqori daromadli mamlakatlar— aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi mil­liy daromadi 12616 dollardan oshadigan mamlakatlar.
O'rta daromadli mamlakatlar— aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi mil- liy daromadi 1036 dollardan 12615 dollargacha bo'lgan mamlakatlar.
Past daromadli mamlakatlar— aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi yalpi mil- liy daromadi 1035 dollargacha bo'lgan mamlakatlar.
Importning o'rnini qoplash siyosati— og'ir sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va xorijiy kapitalni cheklash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish (Lotin Ame­rikasi mamlakatlari).
11 MAVZU: JAHON XO‘JALIGIDA YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



  1. Yangi industrial mamlakatlarning umumiy tavsifi va guruhlanishi

  2. Janubi-sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari

  3. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

11.1. Yangi industrial mamlakatlarning umumiy tavsifi va guruhlanishi
Yangi industrial mamlakatlar – sanoatlashtirish, ilmiy ishlab chiqarishning alohida turlarini yaratishda muvaffaqiyatlarga erishgan, xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdoda faol qatnashuvchi, sanoat tarmoqlari va xizmatlar sohasi eksportga yo‘naltirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhidir. Ba’zi yangi industrial mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning yetakchi rivojlangan mamlakatlari darajasiga yaqinlashib qoldilar.
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan tubdan farq qiladi. Jumladan, Tayvanda YaIM hajmi 1952-1993-yillarda 170 martaga, tashqi savdo aylanmasi hajmi esa 534,6 martaga ortgan. Mamlakatda iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’atlari 8,7 %ni tashkil etgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra 30-yil mobaynida (1960-1990) Osiyo hududi iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari yiliga 5 %ni tashkil etgani holda Yevropa mamlakatlarida bu miqdor ko‘rsatkich 2 %ga teng bo‘lgan. Tayvandan tashqari 1990-yillarda yuqori iqtiso­diy o‘sish sur’atlari Janubiy Koreyada – 8 %, Singapurda – 8 % atrofida, Malayziyada – 9 %ga teng bo‘ldi.
Yangi industrial mamlakatlarning yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan aho­li turmush darajasining oshishi sur’atlari o‘rtasida mutanosiblik kuzatiladi. Jumla­dan, 1960-yillarning o‘rtalari 1990-yillarning boshlarida bu mamlakatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad XX asrning 60-80-yillarida rivojlanayotgan mamlakatlar tarkibidan yangi industrial mamlakatlar guruhi ajralib chiqdi. Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan ajralib turadi va «yangi indust­rial rivojlanish modeli»ning paydo bo‘lishi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Mazkur guruh mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlarini Janubi-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari misolida ko‘rib o‘tish mumkin.
XVF mutaxassislari prognozlari bo‘yicha Sharqiy Osiyo mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti hajmi 2015-yilga borib G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan, 2020-yilga borib esa Shimoliy Amerika mamlakatlaridan oshib ketishi mumkin deb baholangan edi.
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yan­gi industrial mamlakatlarni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi mamlakatlar guruhiga kiritish mumkin. Bu holat jahon xo‘jaligi tizimining yaxlitligini ta’minlash imkonini beradi.
Odatda, yangi industrial mamlakatlar qatoriga Osiyoning «kichik ajdarholari» – Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari – Argentina, Braziliya, Meksikani kiritishadi. Sanab o‘tilgan mamlakatlar yangi industrial mamlakatlarning birinchi to‘lqini yoki birinchi avlodi hisoblanishadi.
Ulardan keyin yangi industrial mamlakatlarning ikkinchi avlodi – Malayziya, Tailand, Hindiston, Chili; uchinchi avlodi – Kipr, Tunis, Turkiya, Indoneziya; to‘rtinchi avlodi – Filippin, Xitoyning janubidagi erkin iqtisodiy hududlari kiradi. Natijada yangi industrial mamlakatlarning «yangi industriallashish» hududi yuzaga keladi.
BMT uslubiyatiga muvofiq mamlakatlarni yangi industrial mamlakatlar qato­riga kiritish mezonlari quyidagilardan iborat:

  • YaIM ning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori;

  • YaIM ning o‘rtacha yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atlari;

  • YaIM da qayta ishlash sanoatining ulushi, mazkur ulush 20 %dan kam bo‘lmasligi kerak;

  • sanoat mahsulotlari eksportining hajmi va uning umumiy eksportdagi ulushi;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi.

IHTT tomonidan 1995-yilda Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan birin­chi bo‘lib Singapurga «industrial jihatdan rivojlangan» mamlakat maqomi berildi va 1996-yilning 1-yanvaridan kuchga kirdi. 30-yil davomidagi barqaror iqtisodiy o‘sish ushbu mamlakatning kichik port shahridan dunyoning eng boy mamlakatla­ri qatoriga kirish imkonini berdi.
Siyosiy barqarorlik sharoitida mamlakat sanoati doimiy ravishda yiliga o‘rta­cha 8,4 % sur’atda rivojlanib bordi va mazkur mamlakatda istiqomat qiluvchi har bir odamning turmush darajasi o‘rtacha 7 martaga ortdi. Singapurda yashovchi o‘rta statistik odamning yillik daromadi 1995-yilda 22,3 ming dollarni tashkil etdi, bu esa o‘sha davrda sobiq metropoliya davlati bo‘lgan Buyuk Britaniyadan ancha yuqoridir. Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi Gonkong ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga ko‘ra o‘z metropoliya davlatidan o‘tib ketdi. 1990-yillarning oxirlaridan boshlab Gonkong (Syangan) aholi jon boshiga daromad darajasi bo‘yicha dunyoda 4- va 5-o‘rinni egallab kelmoqda.
Yangi industrial mamlakatlar hududiy jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:

  • Osiyo (Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong, Filippin, Hindiston, Tailand).

  • Lotin Amerika (Braziliya, Argentina, Meksika, Chili).

Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari Osiyo mamlakat-laridan qator jihatlari bilan farq qiladi (12.1-jadval).

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin