1-Mavzu. Kriminologiya tushunchasi, predmeti va tizimi. Jinoyatchilik tushunchasi va uning tarkibi va latent jinoyatchilik. Reja 1. Kriminologiya tushunchasi va uning predmeti.
2. Turdosh fanlar tizimida kriminologiyaning o’rni.
3. Kriminologiyaning tizimi va vazifalari.
4. Jinoyatchilik tushunchasi va uning belgilari.
5. Jinoyatchilik ko’rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi.
6. Latent jinoyatchilik va uning turlari.
1.1. Kriminologiya tushunchasi va uning predmeti «Kriminologiya» so’zi ikki o’zakdan iborat: srimen (lotincha) – jinoyat, jinoiy xulq-atvor, logos (yunoncha) – fan, ta’limot, bilim. Binobarin, «kriminologiya» - bu jinoyat yoki jinoiy xulq-atvor haqidagi fan.Kriminologiyaning paydo bo’lish tarixi diqqatga sazovor.Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko’ra, kriminologiyaning vujudga kelishi 1764 yilda italiyalik 26 yoshli insonparvar,publitsist va yurist Chezare Bekkariyaning «Jinoyatlar va jazolar haqida» degan kichkina, biroq sermazmun kitobi nashr etilishi bilan bog’liq. Oradan 120 yil o’tgach, 1884 yilda Turin shahri (Shimoliy Italiya) sudьyasi R.Garofalo «Kriminologiya» yoki «Jinoyatchilik tabiati hamda jazo nazariyasi» deb nomlangan kitobni chop etdi. Bu kitob uch qismdan iborat bo’lib, unda «Jinoyatchilik», «Jinoyatchi» va «Jazo» masalalari ko’rilgan.
Shunday qilib, kriminologiya fanining paydo bo’lishida italьyanlar o’z peshqadamligi bilan faxrlanishlari mumkin.Fikrimizcha, kriminologiyaning mazkur dastlabki talqini amaliyotga mosdir, chunki «jinoyat huquqi» fani amalda asosan jinoyat hamda jinoiy jazo tushunchalari, ularning belgilari va ro’yobga chiqarish omillarini ta’riflash bilan shug’ullanishi lozim. Inson xulq-atvori yaxlit hodisa bo’lib, uni aynan xulq-atvor sifatida ayrim qismlarga, chunonchi: ijtimoiy, biologik,psixologik, ma’naviy, fiziologik va hokazo qismlarga ajratish mumkin emas. Odamlar (bilish sub’ekti) xulq-atvorning u yoki bu jihatlarini mufassalroq o’rganish uchungina bunday qismlarni shartli ravishda ajratadilar. Shu bois inson xulqatvori bilan qiziquvchi fanlar anchagina (falsafa, din, sotsiologiya, tibbiyot, pedagogika, psixologiya, yurisprudentsiya va h.k.).
Amerikalik kriminolog professor Veron Foks dunyoni to’liq bilib bo’lmasligini qayd etib, kinoya bilan shunday deb yozadi: «Inson xulq-atvorini biron-bir fan nuqtai nazaridan tushunib yetishga harakat qilish besh nafar ko’rning filni tavsiflashga urinishini eslatadi»1.Har bir muayyan jinoyat – jinoyatchilikning «elementar zarrasi»2. Har qanday jinoyat inson xulq-atvorining muayyan ko’rinishidir. Psixologiyaga oid adabiyotlarda xulq-atvor deganda shaxsning erkin faolligi, ya’ni ko’zlangan maqsad anglab yetilgan va yuz berayotgan jarayonlarni nazorat qilish imkoniyati mavjud bo’lgan faollik tushuniladi. Lo’ndaroq qilib aytganda,sub’ekt uchun muayyan mazmun kasb etuvchi xulq-atvorni inson xulq-atvori deb tavsiflash mumkin3. Boshqacha aytganda, bu yerda shaxsning ongli, shu jumladan yanglish, salbiy va g’ayrihuquqiy xulq-atvori to’g’risida so’z yuritilmoqda.
Inson xulq-atvori makon va zamonda yuz beradi, u vaziyat o’zgaruvchan omillarining nisbatan barqaror shaxsiy xususiyatlar bilan o’zaro ta’sirlanish jarayonini tashkil etadi. Bu jarayonning tashqi (ob’ektiv) va ichki (sub’ektiv) tomonlari bor. Tashqi tomon biron-bir ob’ektga qaratilgan harakat (yoki harakatsizlik) tarzida ifodalansa, ichki, sub’ektiv tomon nafaqat bu harakat (harakatsizlik)da bevosita namoyon bo’ladi, uni psixologik jihatdan tartibga soladi va ongdagi in’ikosi bo’lib xizmat qiladi, balki undan oldin shakllanadi. Zotan, inson harakat sodir etishdan oldin ko’pincha uni rejalashtiradi, ba’zan vaqt poylaydi va so’ngra amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, qilmish xayolda oldindan modellashtiriladi. Sub’ektning erkin faolligini tavsiflovchi bu va boshqa ruhiy jarayonlar o’zining yakunlovchi bosqichidagina ob’ektga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatuvchi tashqi harakat (qilmish)da ifodalanadigan shaxs xulq-atvorining unsurlari sifatida qaralishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Birinchi - «xulq-atvor» tushunchasi «harakat», «harakat-sizlik» yoki «qilmish» tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki faollikning ulardan oldingi bosqichlarini ham qamrab oladi. Ikkinchi – xulq-atvor muayyan tuzilishga ega bo’lib, u ichki (ruhiy) jarayonlar hamda makon va vaqtdagi tashqi (ob’ektiv) shart-sharoitlar mantiqiga muvofiq izchil rivojlanib boradi. Bu jarayonlar va shart-sharoitlarning o’zaro ta’sirini shaxs xulq-atvori mexanizmi deb nomlash mumkin4. Mantiq va falsafa fanlari ma’lumotlariga ko’ra, «predmet» kategoriyasi ob’ektning bir qismi, uning parchasi, «bilishning muayyanroq ob’ekti»dir.
Boshqacha aytganda, bu bilish sub’ekti idrok etishi, aniqlashi va aytishi mumkin bo’lgan barcha narsalardir.Falsafa fani ma’lumotlariga ko’ra, bilish predmeti bu mazkur shart-sharoitlarda muayyan nuqtai nazardan va ma’lum maqsadda o’rganilayotgan ob’ektlarning tajribada qayd etilgan va insonning amaliy faoliyatida mujassamlashgan jihatlari, xossalari va munosabatlaridir.Har qanday fanning shakllanishiga qarab uning predmeti ham farqlanadi.