Maxsus ta’LIm vazirligi


Kriminologiyaning tizimi va vazifalari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə15/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
kriminologiya modul

3. Kriminologiyaning tizimi va vazifalari.
Kriminologiyaning tizimi. MDH doirasida mavjud adabiyotlarda kriminologiyani ikki muhim bo’lim (umumiy va maxsus qismlar)ga ajratish qabul qilingan. Bunda Umumiy qism quyidagi muammolarni qamrab oladi: kriminologiya tushunchasi, uning predmeti va tizimi;
mamlakat kriminologiyasining holati hamda uning vazifalari;
kriminologiya metodlari; jinoyatchilik, jinoyatchilik sabablari, jinoyatchi shaxsi; muayyan jinoyatning shakllanishi hamda uni sodir etish mexanizmi; jabrlanuvchi shaxsi;
jinoyatchilikning oldini olish; jinoyatchilikka qarshi kurashni prognoz qilish va rejalashtirish.
Kriminologiyaning Maxsus qismi quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
- retsidiv jinoyatchilikning kriminologik tavsifi hamda uning oldini olish;
- voyaga yetmaganlar o’rtasidagi jinoyatchilik;
- kasbiy va uyushgan jinoyatchilik;
- ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etishning kriminologik tavsifi hamda uning oldini olish;
- ayollar jinoyatchiligi;
- zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar;
- tamagirlik jinoyatlari;
- ichkilikbozlik va alkogolizm bilan bog’liq jinoyatlar;
- giyohvandlik bilan bog’liq jinoyatlar;
- aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq jinoyatchilik;
- mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog’liq jinoyatchilik;
- komp`yuter texnikasi bilan bog’liq jinoyatchilik va h.k.
Shuni e’tiborga olish lozimki, u yoki bu muammolar muhim ahamiyat kasb etgan, ilmiy tadqiqot materiallari to’plangan hollarda kriminologiyaning Maxsus qismi yangilanishi va yangimustaqil mavzular bilan boyitilishi kerak. Masalan, ekologik hamda xalqaro jinoyatchilikni, ma’naviyatga qarshi jinoyatchilik, xususan seksual jinoyatchilikni; iqtisodiy jinoyatchilik, mansabdorlik jinoyatlari, kompьyuter hamda giyohvandlik jinoyatchiligini kriminologik jihatdan tavsiflash hamda ularning oldini olish zarurati tug’ildi.
Ayni vaqtda, kriminologiya tizimida uning uchinchi muhim qismi – ayrim turdagi jinoyatlar (o’g’irlik, odam o’ldirish, Vatanga xiyonat, dezertirlik va h.k.) tavsifi hamda ularning oldini olish ham ajratilishi lozim. Umumiy, xususiy va ayrim falsafiy kategoriya qonuniyatlarining namoyon bo’lish mantiqi shunday.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin