Maxsus ta’LIm vazirligi


Jinoyatchilik tushunchasi va uning belgilari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə17/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
kriminologiya modul

4. Jinoyatchilik tushunchasi va uning belgilari.
«Jinoyatchilik» tushunchasi kriminologiyaning eng muhim va ayni vaqtda eng qamrovli tushunchasidir. Unga kamida ikki nuqtai nazardan: formal miqdoriy (statistik) va sifat (sotsiologik) tomonlardan yondashish mumkin.Miqdoriy (statistik) nuqtai nazardan jinoyatchilik bir emas, ko’plab jinoyatlar, ularning muayyan yig’indisi, ya’ni g’ayriijtimoiy va xavfli qilmishlarning qandaydir majmui mavjudligini anglatadi.Gap shundaki, hodisalar harakatining har qanday ichki qonuni muayyan hodisalar keng miqyosda ro’y bergan holdagina muayyan tarzda namoyon bo’ladi.Ayrim g’ayriijtimoiy qilmishlar jinoyatchilik hodisasini vujudga keltirishi mumkin emas.Jinoyatchilikning miqdor jihati muhim ahamiyatga ega. Lekin unga ortiqcha ahamiyat yuklash ham to’g’ri bo’lmaydi. Masalan,professor V.M.Kogan jinoyatchilikning ijtimoiy xossalarini o’rganib chiqib, unga: «Muayyan joyda muayyan vaqtda sodir etilgan barcha jinoyatlar majmui hamda ushbu jinoyatlarni sodir etishda aybdor barcha jinoyatchilar majmui»6, deb ta’rif beradi.
Shu bilan birga, «jinoyatchilik» tushunchasini uning sifati va mazmuni nuqtai nazaridan o’rganish muhimroqdir. Bu kriminologiya predmeti bilan uzviy bog’liq. Jinoyat huquqi, jinoyat protsessi va umuman kriminalistika jinoyat shakllarini o’rganish bilan cheklanadi va shu boisdan muayyan qilmishni davlat tomonidan tartibga solish va uni jinoyat-huquqiy, jinoyat-protsessual va kriminalistika mezonlariga ko’ra baholash muammolarini ishlab chiqadi.Kriminologiya esa, asosan jinoyatchilik mazmunini (mohiyatini) o’rganadi. Shu nuqtai nazardan «jinoyatchilik» tushunchasi uning jamiyat taraqqiyoti, eng avvalo uning ishlab chiqarish va taqsimlash munosabatlari holati bilan bog’liq ob’ektivligini aks ettiradi.Jinoyatchilik tushunchasi jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida, nafaqat ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar, balki ularning muayyan majmui mavjudligi va u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’liqligi tushunib yetilganidan so’ng paydo bo’ldi.
Binobarin, jinoyatchilik ushunchasining mazmuni u nafaqat ob’ektiv, balki ijtimoiy hodisa, ya’ni kishilik jamiyati vauning qonunlari bilan bog’liq ekanligini anglatadi. SHuning uchun ham jinoyatchilik tushunchasiga ta’rif bergan ko’pgina mualliflar unga eng avvalo ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi.Jinoyatchilik nafaqat nisbatan ommaviy, ob’ektiv va ijtimoiy, balki tarixan o’zgaruvchan hodisa hamdir. Turli tarixiy sharoitda va turli jamiyatlarda kishilarning ayni bir g’ayriijtimoiy qilmishlari har xil baholangan. Jinoyatchilik o’z ijtimoiy mohiyatiga ko’ra ham, namoyon bo’lgan joyiga ko’ra ham o’zgaruvchandir. Masalan, jinoyatlar doirasi nafaqat turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda, balki hatto ayni bir tuzumga mansub davlatlarda ham bir xil emas.
Boz ustiga, jinoyatlar doirasi ayni bir tuzumga mansub bir davlat tarixida ham o’zgarib turadi.Ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, juda katta hududda kam aholi yashashi ibtidoiy odamni o’z xulq-atvorini urug’ va qabila manfaatlariga moslashtirishga majbur etardi. Urug’doshlik jamiyati sharoitida yashagan odamlarning ko’p sonli avlodlari kollektivizm, o’zaro yordam, tenglik, erkinlik, halollik, qariyalar, bemorlarga g’amxo’rlik tuyg’ulariga asoslangan urf-odatlarni shakllantirdilar.Ammo vaqt o’tishi bilan yangi ishlab chiqarish shakllarining vujudga kelishi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy hodisalarning o’zaro ta’siri shunga olib keldiki, ayrim g’ayriijtimoiy qilmishlar nisbatan ommaviy hodisaga aylanib qoldi.Jinoyatchilik – shubhasiz, g’ayriijtimoiy salbiy hodisa.Holbuki, kriminologiya tarixida uni ijtimoiy ijobiy hodisa sifatida baholashga urinishlar ham bo’lgan. Masalan, XIX asrda yashagan taniqli sotsiolog Emil Dyurkgeym jinoyatchilik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch, u jamiyatda muhim foydali funktsiyani bajaradi, degan fikrni ilgari surgan.Amerikalik sotsiolog R.Merton fikriga ko’ra, jinoyatchilik – ijtimoiy hayot sur’atlari jadallashuvi hisobiga jamiyat to’lashi lozim bo’lgan haqdir.Boshqa bir amerikalik kriminolog Tannenbaum 1944 yilda Barnz va Titerzning «Kriminologiyaning yangi ufqlari» nomli kitobiga yozgan so’zboshisida: «Jinoyatchilik – jamiyat kabi abadiydir. Jinoyatchilikka barham berish mumkin emas. Jinoyatchilik – kasallik, o’lim kabi abadiy hodisadir», deb ta’kidlagan edi.
Nemis kriminologi Armand Morgen 1961 yildayoq «jinoyat -qadim zamonlardan beri mavjud bo’lgan va toki jamiyat mavjud ekan, hech qachon yo’qolmaydigan hodisadir», deb yozgan edi. Ayrim kriminologlar jinoyatchilik nafaqat normal, balki foydali hodisadir, chunki u jamiyat a’zolarida hamjihatlik tuyg’ulari mustahkamlanishiga ko’maklashadi, degan fikrni ilgari suradi. Tabiiyki, bu fikrga qo’shilish qiyin, chunki jinoyatchi eng avvalo o’zini boshqa shaxslarga qarama-qarshi qo’yadi,ularning manfaatlarini muayyan jinoiy qilmish bilan buzadi.Nihoyat, jinoyatchilik – jinoyat-huquqiy hodisadir, chunki uning tarkibidan o’rin olgan jinoyatlar doirasi amaldagi jinoyat qonunchiligida belgilab qo’yiladi. Biz jinoyatchilik to’g’risida so’z yuritganimizda, davlat tomonidan tan olingan ijtimoiy-xavfli va g’ayrihuquqiy qilmishlar (harakatlar yoki harakatsizlik) majmuidan kelib chiqamiz. Jinoyatchilik o’zining huquqiy belgisi bilan boshqa ijtimoiy hodisalar (axloqiy normalar)dan, jinoyat-huquqiy belgisi bilan esa – boshqa, jinoyat hisoblanmaydigan jinoiy (intizomiy, ma’muriy, fuqarolik-huquqiy va b.) huquqbuzarliklardan farq qiladi.
Shunday qilib, jinoyatchilik bir qancha o’ziga xos belgilarga egadir. Bular: nisbatan ommaviylik, tarixiy o’zgaruvchanlik, ob’ektivlik, ijtimoiylik, jinoyat-huquqiylik, u yoki bu dav- atda muayyan davrda sodir etilgan barcha jinoyatlarning umumiy miqdori va h.k. Boshqacha aytganda, jinoyatchilik – muayyan makon, mintaqada ma’lum davr ichida sodir etilgan barcha jinoyatlar majmui ko’rinishidagi tarixan o’zgauvchan, salbiy, ob’ektiv va ijtimoiy hodisadir.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin