Maxsus ta’LIm vazirligi


Kriminologiyaning vazifalari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə16/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91
kriminologiya modul

Kriminologiyaning vazifalari
Jinoyatchilikning mazmuni hamda namoyon bo’lish shakllari,uning qonuniyatlari, asosiy va ikkinchi darajali harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini, shuningdek jinoyatchi shaxsi,uning tarkibiy va funktsional xususiyatlarini bilish birdanbir maqsad emas. U pirovard natijada hozirgi bosqichda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish borasidagi muhim amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan.
Kriminologiya fani oldida nafaqat jinoyatchilikning ayrim muammolari, uning hozirgi bosqichdagi ba’zi bir sabablari, profilaktika sub’ektlari tizimi, ularning vazifalari hamda ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlariga doir nuqtai nazarlarni yangilash va asoslash kabi metodologik xususiyatga ega bo’lgan muhim vazifalar yuzaga kelmoqda, balki o’tish davri iqtisodiyoti sohasidagi g’ayriijtimoiy hodisalarning turli omillarini aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarurati ham tug’ilmoqda. Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat, investitsiya lar, xo’jalik yuritishning davlat va xususiy sektorlari, aktsiyadorlik jamiyatlari, tijorat tuzilmalari, kichik, qo’shma korxonalar, moliya, kredit, soliq solish va boshqa sohalarda jinoyatchilikning oldini olish muammolari, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etayotir. Havo, suv, o’rmon va yer resurslari; o’simlik va hayvonot dunyosi; aholining sog’lig’i va yashash qobiliyatini saqlash sohalarida ekologik jinoyatchilik sabablari hamda uning oldini olishning kriminologik tahlili muhim vazifa bo’lib qolmoqda.
Sobiq SSSRning parchalanishi va uning hududida yangi mustaqil suveren davlatlarning tashkil topishi endilikda yaqin,o’rta va uzoq xorij davlatlari doirasida xalqaro jinoyatchilik, ayniqsa, narkobiznes, fohishalik, g’ayriqonuniy valyuta operatsiyalari, madaniy va ma’naviy boyliklarni o’g’irlash, xalqaro terrorizm, diniy aqidaparastlik va hokazolarga qarshi kurashda hamkorlik qilishga nisbatan boshqacha yondashuvni taqozo etmoqda. Ayni vaqtda, korruptsiya, uyushgan, shu jumladan professional jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari ham tobora muhimroq ahamiyat kasb etib bormoqda.Komp`yuter texnikasi, reklama ishi sohasidagi jinoyatlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi hamda ichkilikbozlik negizidagi jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalari ham mustaqil rolь o’ynayotir.
Milliy kriminologiyamizda yana bir g’ayriijtimoiy hodisa – narkojinoyatchilik uzil-kesil qaror topdi. Bu hodisaga qarshi kurashning muhimligini tasavvur qilish uchun ikki omilni ko’rsatib o’tish kifoya deb o’ylaymiz. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra, ijtimoiy xavfli qilmishlar umumiy tarkibida narkojinoyatchilik taxminan 15 foizni tashkil etadi. Holbuki, giyohvandlik hamda giyohvandlik moddalari bilan g’ayriqonuniy muomalada bo’lish o’ta yashirin jinoyatlar qatoriga kiradi. So’nggi yillarda O’zbekistonda narkojinoyatchilikning o’sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Ikkinchidan, ilmiy tahlil giyohvandlik moddalari iste’mol qiluvchilarning uchdan ikki qismidan ko’prog’ini 30 ga to’lmagan yoshlar tashkil etishini ko’rsatadi. Vaholanki, aholining bu toifasi ijtimoiy taraqqiyotni belgilovchi ishlab chiqarish kuchlarining o’zagi hisoblanadi. Bu yerda yana bir muhim yangi holatni hisobga olish lozim. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning tubdan o’zgarishi, yangi xalqaro munosabatlar va umumiy aloqalar rivojlanishi munosabati bilan mamlakatimiz SHarqdan G’arbga, Janubdan SHimolga giyohvandlik vositalari yo’llari o’tadigan o’ziga xos «tranzit yo’lagi»ga aylanish xavfi mavjud.Bu hamda bu yerda qayd etilmagan boshqa omillar giyohvandlik vositalarining tarqalishi va iste’mol qilinishiga qarshi kurash borasidagi oldingi yondashuvlarni jiddiy qayta ko’rish zarurligidan dalolat beradi.
Tibbiyot – ijtimoiy munosabatlarning alohida sohasi.Uning o’ziga xosligi shundan kelib chiqadiki, jamiyat insonsiz faoliyat ko’rsata olmaydi. Inson – jamiyatning o’zagi. Biroq inson omili serqirradir, shu bois uni turli fanlar o’rganadi. Inson (hozirgi vaqtgacha) aqlli, ongli jonzot sifatida uning yashash, mehnat qilish, ko’payish va boshqa qobiliyatlari turli nuqtai nazaridan qiziqish uyg’otadi. Jamiyat insonning bu qobiliyatlarini saqlash va rivojlantirish, buning uchun zarur shart-sharoit yaratish haqida g’amxo’rlik qilishi lozim. Inson hayot faoliyatini huquqiy, shu jumladan jinoyathuquqiy tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlari shuni taqozo etadi.Afsuski, bu jihat huquq fanida eng kam o’rganilgan jihatlardan biri bo’lib qolayotir. Bugungi kunda «birinchi qaldirg’ochlar» tug’ilib, o’z normativ-huquqiy shakl-shamoyillarini kasb etishga harakat qilmoqda. Biz bu yerda yaqindagina paydo bo’lgan yangi fan tarmog’i – tibbiyot huquqini nazarda tutyapmiz.Tibbiyotni jinoyat-huquqiy vositalar bilan himoya qilish masalasiga kelsak, sobiq Ittifoq hamda yangi suveren va mustaqil davlatlar jinoyat qonunchiligi tarixi ayrim maxsus normalar bilangina cheklangan. Holbuki, bu sohada muammolar anchagina. Ayrim muammolar yechilmagan yoki umuman qo’yilmagan. Bunda ayrim yo’nalishlarda tibbiyot ma’lumotlari hozirgi sharoitda sezilarli darajada o’zgargani va boyiganligini ham hisobga olish lozim. Xususan, inson organlari va to’qimalarini transplantatsiya qilish muammolari alohida diqqatga sazovor.
Jinoyatchilikka qarshi kurashning har qanday shakllari zamirida huquqbuzarliklarning oldini olish yotishi lozim. Bu, o’z navbatida, ilmiy asoslangan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish hamda ularni o’z vaqtida va samarali amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda tajribani o’rganish, undan yer kurrasining turli mintaqalarida va umuman jahon mamlakatlarida jinoyatchilikka ta’sir o’tkazish chora-tadbirlari sohasida foydalanish mezonlarini belgilash mumkin va lozim. Barcha ijtimoiy sub’ektlar (davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, madaniyat, ta’lim, fan, tarbiya muassasalari, shu jumladan oila, mikromuhit va h.k.)ning imkoniyatlaridan hamda jinoyatchilikning oldini olish va unga barham berish vositalari (usullari, chora-tadbirlari)dan foydalanish holati hamda uning istiqbollarini teran tahlil qilish lozim.
Jamiyat bu borada o’z «zahiralari»ga ega. Masalan, biz ommaviy madaniyat va axborot vositalarining jinoyatchilikka qarshi kurashdagi ahamiyatiga hozirgacha kam e’tibor beramiz.Kriminologiyada viktimlikni o’rganish va uning oldini olish vazifasi ham alohida diqqatga sazovor. Bu yerda jinoyatlarning barcha turlari bo’yicha teran tahlil hamda viktimlikning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar zarur. Bunda jinoyatlardan jabrlanganlarning passiv xulq-atvori sabablarini o’rganish va aniqlash, ularni tizimga solish va tasniflash maqsadga muvofiqdir.Ayni vaqtda, jinoyatlarni provokatsiya qilish (huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan, masalan, tovlamachilik yo’li bilan pora undirishda; jinoyatlardan jabrlanganlar tomonidan, masalan, nomusga tegishda)ni o’rganish va oldini olish muammolarini har tomonlama tadqiq qilish fursati yetdi.Bundan tashqari, hozirgi sharoitda ijtimoiy adolatni tiklash, ayniqsa, jinoiy qilmishlardan ko’rilgan ma’naviy, moddiy va jismoniy zararni qoplash muammolarini o’rganish zarurati ham tug’ildi.
Nihoyat, qiyosiy kriminologiya asoslarini ishlab chiqish lozim, chunki jahonning ko’pgina mamlakatlarida jinoyatchilikka qarshi kurash muammolariga duch kelinmoqda. Bu yerda umumiy vazifalar bisyor.Jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish to’g’risidagi qonunchilik asoslarini yaratish, nafaqat huquqshunoslarga, balki boshqa mutaxassislarga hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlariga kriminologiya hamda jinoyatlarning oldini olish asoslarini o’rgatish fursati yetdi. Bozor munosabatlari va aloqalarini tartibga solishda huquqiy normalar rolining kuchayishi shuni taqozo etmoqda. Huquqbuzarliklarning oldini olish to’g’risidagi qonun hujjatlari bu muhim davlat faoliyatini dasturlashtirish va rejalashtirish shartlari va tartibini, mablag’lar va kadrlar bilan ta’minlash manbalarini, huquqbuzarliklarning oldini olish organlarining jamoat birlashmalari, ayrim fuqarolar yoki ularning vakillari bilan o’zaro aloqa qilish tartibini belgilashi lozim. Shu munosabat bilan umuman huquqbuzarliklarga, ayniqsa jinoyatlarga qarshi kurash sohasida jamoatchilik ishtirokining huquqiy va protsessual asoslari avvalo shaxsiy xavfsizlikni amalda ta’minlash, fuqarolarni jamiyat va davlat nomidan moddiy va ma’naviy rag’batlantirish nuqtai nazaridan tubdan qayta ko’rilishi kerak.
Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida, avvalo Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura va sud organlarida, soliq, bojxona va chegara xizmatlarida jinoyatlarning oldini olish bo’yicha maxsus bo’limlar va xizmatlar barqaror va izchil xususiyatga ega bo’lishi lozim.Jinoyatchilikning oldini olish, unga barham berish pirovard natijada professional kadrlarga bog’liq. Davlat organlarining normal faoliyat ko’rsatish uchun bunday mutaxassislarni, butun kadrlar apparatini saqlash va barcha zarur narsalar bilan ta’minlashga kuch va vositalar ayalmasligi kerak.Bugungi kunda nafaqat marketing, audit, menejment sohasida, balki harbiy prokuratura, soliq, bojxona, chegara va boshqa xizmatlarda ham kadrlar taqchilligi sezilmoqda. Demak, davlatning qonun ustuvorligini, jamoat tartibi hamda huquqiy tartibning barqarorligini ta’minlashi lozim bo’lgan davlat organlari uchun yuristlar tayyorlash siyosatiga jiddiy o’zgarishlar keltirilishi lozim. Huquqiy davlat faqat va faqat qonunga bo’ysunadigan davlat organlarining puxta tashkil etilgan tizimi va mexanizmiga ega bo’lishi kerak.
Yuridik oliy o’quv yurtlarining reja va dasturlariga ham o’zgartishlar kiritilishi lozim.Qonuniylik va huquqiy tartibot uchun kurashda fuqarolik jamiyati davlatga yaqindan yordam berishi darkor. Bu muhimsohada davlat dasturini amalga oshirish uchun jinoyatchilikning oldini olishning barcha sub’ektlari mas’uldirlar.Ko’rsatilgan va boshqa muammolarning yechimlarini nazariy va metodologik jihatdan asoslash kriminologiya fani uchun og’ir, biroq sharafli vazifa.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin