Maxsus ta’LIm vazirligi


Oilada sodir etiladigan jinoyatlarda jinoyatchi shaxsning kriminologik tavsifi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə39/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
kriminologiya modul

Oilada sodir etiladigan jinoyatlarda jinoyatchi shaxsning kriminologik tavsifi.

Onaning o’z chaqolog’ini qasddan o’ldirishi – oiladagi jinoyatlarning turlaridan biri. Biroq u odam o’ldirishning boshqa turlaridan o’ziga xosligi va jinoyat tarkibining xususiyatlari bilan ajralib turadi.Kriminofamilistikada so’zning keng ma’nosidagi o’z chaqolog’ini o’ldirish deganda ota yoki ona yoxud ularning ikkalasi birgalikda o’z farzandini yoki ulardan biri ikkinchisining farzandini o’ldirishi tushuniladi50. Xususan, jinoyat qonunida va sud tibbiyotida qo’llaniladigan tor ma’nodagi farzandkushlik onaning yangi tug’ilgan chaqalog’ini tug’ruq paytida yoki bevosita tug’ruqdan keyin o’ldirishini anglatadi.
O’z chaqolog’ini o’ldirish nafaqat turli tarixiy davrlarda, balki bir davrning o’zida har xil baholangan jinoyatlardan biridir. Bu jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ushbu qilmishning ahamiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga munosabat har xil bo’lganligi bilan izohlanadi. Yu.M.Antonyan o’z bolasini o’ldirgan ayolga ancha to’liq tavsif bergan. O’zining yangi tug’ilgan chaqalog’ini o’ldirgan ayollar orasida turmush qurganlar juda oz. Ularning aksariyati odatda malaka va ma’lumot darajasi past bo’lgan so’qqabosh ayollardir.O’ldirilgan bola ko’pincha birinchi muvaffaqiyatsiz seksual tajriba bilan bog’liq bo’ladi. Ularning ko’pchiligi ota-onali bo’lib, aynan ota-onasining salbiy munosabatidan qo’rqish ular o’z chaqaloqlarini o’ldirishiga turtki beradi51.N.Kudryavtsev, V.E.Eminov o’z bolasini o’ldirgan onalarni tavsiflab, shunday deb yozadi: «Odatda, bunday qilmishlarni jamiyatga yaxshi moslashmagan, oilasiz, uysiz, moddiy jihatdan ta’minlanmagan yosh ayollar sodir etadi. Ayrim hollarda bunday jinoyatlar ortida erkak turadi, ya’ni bu xavfli jinoyatlar erkak, aksariyat hollarda ayolning jazmani yoki o’ynashining roziligi yoki turtkisi bilan sodir etiladi»52 . O’z chaqolog’ini qasddan o’ldirish ayollarga xos bo’lgan jinoyatdir. Faqat yangi tuqqan ayol mazkur jinoyat sub’ekti bo’lishi mumkin. Bunda ona o’zining yangi tug’ilgan chaqalog’ini uning biron-bir qismi yoki o’zi to’liq ona qornidan chiqqan paytda o’ldirgan hollardagina jinoyat O’zR JKning 99-moddasi bo’yicha tavsiflanishi lozim. Agar ona o’zining yangi tug’ilgan chaqalog’ini tug’ruqdan so’ng oradan ma’lum vaqt o’tgach, ya’ni uning tug’ruq chog’idagi alohida ruhiy-jismoniy holati o’tib ketganidan keyin o’ldirgan bo’lsa, bu qilmish O’zR JKning 97-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
Ayrim ayollar tug’ruq paytida yoki undan keyin ma’lum vaqt mobaynida o’z harakatlarining ahamiyatini tushunmaydigan va ularni boshqara olmaydigan holatda bo’ladi. Ayolning mazkur ruhiy holati boshqa omillar bilan jamuljam holda jinoyatga sabab bo’lishi mumkin. Biroq bu holat zamirida ruhiy kasallik yotmaydi, aks holda ayol jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmas edi.Umuman olganda, farzandkushlik zamirida hodisalar bir necha guruhining o’zaro ta’siri yotadi.
Birinchi – ayol hayotida jinoyat sodir etishdan oldingi vaziyat. U har xil bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda u ayol o’z chaqalog’ini o’ldirishiga sabab bo’ladi, ayrim hollarda esa bunday holat yuz bermaydi. Yu.M.Antonyan ayrim bo’lajak jinoyatchi ayollar bir qarashda yaxshi oilada tarbiyalangani, ota-onasi ularga yaxshi munosabatda bo’lganligini qayd etadi53.
Ikkinchi – shaxsning ijtimoiy xususiyatlari, manfaatdor shaxslarning gapiga kirmaslik qobiliyati.
Uchinchi – ayolning biologik, psixologik xususiyatlari, xulq-atvori. Odatda, ayollar o’ta ta’sirchan, his-tuyg’ularga boy bo’ladi. Bu beqaror ruhiy jarayonlar tug’ruq jarayonida sezilarli darajada kuchayadi.
Bundan tashqari, ayollarda nevrozlar va psixopatiyalar darajasi ham ancha yuqori bo’ladi. Bularning barcha birgalikda onaning o’z chaqalog’ini o’ldirishiga sabab bo’lishi mumkin. Ayolning boladan qutulish niyati uni qasddan o’ldirish jinoyatiga aylanishiga imkoniyat yaratuvchi bir qancha sub’ektiv va ob’ektiv omillar mavjud. Bular:
- nikohsiz bola tuqqani uchun atrofdagilarning qoralashidan qo’rqish hamda uyalish;
- bolaning otasi, o’z qarindoshlari yoki boshqa shaxslar onani o’z chaqalog’ini o’ldirishga og’dirishi;
- ota-onasining salbiy munosabatidan qo’rqish;
- jinoiy homila tushirish bilan shug’ullanuvchi shaxslarning og’dirishi;
- homiladorlikning oldini olish, homilani davolash muassasalarida tushirish imkoniyatiga doir maxsus tibbiy bilimlarning yo’qligi - so’qqabosh ona bolani tarbiyalashda moddiy va ma’naviy qiyinchiliklarga duch kelishini tushunish, homilador ayollar va so’qqabosh onalarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatilishi haqida zarur huquqiy bilimlarning yo’qligi va h.k.
Yangi tuqqan ayollarning ruhiy-jismoniy xususiyatlarini aniqlash onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishiga imkoniyat yaratuvchi omillarni aniqlash, ob’ektiv jazo chorasini tanlash, bu salbiy hodisalarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini yengillashtirish choralarini ko’rishga yordam beradi. Mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish ham farzandkushlikning oldini olishda asosiy yo’nalishlardan biriga aylanishi lozim. Zotan, inson tug’iladigan va tarbiyalanadigan oila muammosi jamiyatda hal qilinadigan muhim muammolardan biridir.Ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan asrning yigirmanchi yillariga taqqoslaganda farzandkushlik holatlari soni uch baravar ko’paygan54. Rossiya statistikasi ma’lumotlariga ko’ra, 1995 yilda 143 onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirish holati aniqlangan, odam o’ldirish sodir etgan har yigirma ayolning biri o’zining yangi tug’ilgan chaqalog’ini o’ldirishda ayblangan55.Garchi onaning o’z chaqalog’ini o’ldirishi imtiyozli jinoyat tarkibi hisoblansa-da, u xavflilik jihatidan boshqa odam o’ldirish jinoyatlaridan qolishmaydi. Yu.M.Antonyan juda to’g’ri ta’kidlaganidek,
«onaning o’z chaqalog’ini o’ldirishidan qo’polroq tabiat «qonunlari»ni buzishni tasavvur qilish mumkin emas»56; barcha odamlar qatori yashash huquqiga ega bo’lgan yangi tug’ilgan chaqaloqdan ojizroq va himoyasizroq jabrlanuvchi ham yo’q.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin