Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə42/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot:
1.Abdurasulova K.R. Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muxarrir: yu.f.d., prof. M.X,.Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 175-188 b.
2.Антонян Ю.М. Преступность среди женщин. – М., Право, 1992.
3.Криминология. Учебник под ред. В.Н.Бурлакова, И.П.Сальникова. – СПб, 1995.

7- Mavzu. Zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologii tavsifi va ularning oldini olish.
Reja
1.Zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar tushunchasi va jinoyatchilikning xolati, tuzilishi.
2.Zo’rlik ishlatib jinoyat sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifi.
3.Zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning sabablari.
4.Zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish choralari va sub’ektlari.

1. Zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar tushunchasi va jinoyatchilikning xolati, tuzilishi.


Kriminologiya fani jinoyatchilik shakllari va uning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqalarini teran tahlil qilish, jinoyatchilik sabablari va omillarini aniqlash, odamlarning ijtimoiy borlig’i, iqtisodiyot va mafkuradagi o’zgarishlarga qarab jinoyatlarning xususiyati, holati va dinamikasini tavciflash imkonini beradi. Shu ma’noda I.Karpets kriminologiyani «signal beruvchi fan» deb nomlaganida, to’la haq edi60.
Mustaqil davlatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida kriminologik tadqiqotlarning natijalariga tayanmasdan, kriminologik vaziyat qonuniyatlari va tendentsiyalarini chuqur bilmasdan jinoyat-huquqiy, protsessual, kriminalistik va penitentsiar muammolarni samarali yechish mumkin emas. Ayni vaqtda, ba’zi bir olimlar ongi yaqin vaqtgacha andozalardan xoli bo’lmaganligini qayd etib o’tish lozim. Masalan, kriminologiya kursining birinchi jildida: “...sotsialistik jamiyatda undan oldingi tuzumlarga xos jinoyatchilikning eng xavfli shakllari, gangsterizm, reketga o’rin yo’q; jinoyatchilar dunyosi davlat apparati bilan birikmaydi; jinoyatchilik orqasidan boylik orttiruvchi va undan manfaatdor bo’lgan aholi tabaqalari mavjud emas; hokimiyatga jinoiy yo’llar bilan kelishga harakat qiluvchi siyosatchilar yo’q”61, deb aytilgan. Jinoyatchilik sotsialistik tuzum tabiatiga yot, deb yozish odat tusini olgan.62
Tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarni kriminologik tavsiflashda unda birlashtirilgan ma’lumotlar bu jinoyatlarning muhim belgilari va xossalarini, ularning oldini olish nuqtai nazaridan muhim omillarni to’liq aks ettirishi lozimligi e’tiborga olish kerak63.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin