Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə45/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot:
1.Abdurasulova K,.R. Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muxarrir: yu.f.d., prof. M.X,-Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 193-204 b.
2.Асатов С.А., Федоров Ю.Д., Собиров К.А., Гулямов 3.X., Акрамходжаев Б.Т. Расследованиение преступлений с участием граждан иностранных государств. –Т.: Академия МВД, 1996. –45-б.
3.Антонян Ю.М. Преступность среди женщин. – М.: Российское право, 1992. –79-б.
4.Быков В.М. Преступная группа: криминалистические проблемы. – Т., Узбекистан, 1991. – 24-б.;
5.Гуров А. Организованная преступность не миф, а реальность. – М.: 3нание, 1992.
6.Гуров А.И. Профессиональная преступность. – М., Юридическая литература, 1990
7.Кантемиров В.Т. Криминалистическая характеристика групп в сфере организованной преступности. Автореф. дисс... канд. юр. наук. – Волгоград, 1992. -16-б.;
8. Ю.М. Нетрудовые доходы и юридическая ответственность. – Т.: Узбекистан, 1989; "Теневая" экономика и организованная преступность // Вестник МГУ, серия "Право", 1990, №4.
9.Лунеев В.В. Организованная преступность в России: осознание, истоки, тенденции // Государство и право, 1996, №4. – 97-б.

10. Niyozova S.S.. Shaxsga qarshi zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi. Monografiya. T. «IMPRESS MEDIA» MCHJ nashriyoti, 2017. 7-33 b.


11.Тайваков А.А. Профессиональный преступник (опыт социологического исследования). Социологические исследования, 1993, № 4. – 86-87-бетлар


8- Mavzu. Ekologiya sohasidagi jinoyatchilikning kriminologik
tavsifi va oldini olish.
Reja
1. Ekologiya sohasidagi jinoyatchilik tushunchasi, uning turlari, holati va tuzilishi.
2.Ekologiya sohasidagi jinoyatchilikda jinoyatchi shaxsining kriminologik tavsifi.
3. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari.
4. Ekologiya soxasidagi jinoyatlarning oldini olish choralari va sub’ektlari.

1. Ekologiya sohasidagi jinoyatchilik tushunchasi, uning turlari, holati va tuzilishi.
Ekologiya sohasidagi jinoyat – bu jinoyat qonunida nazarda tutilgan atrof muhit va uning unsurlariga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). U tabiat ob’ektlaridan bevosita g’ayrihuquqiy foydalanish yoki ularga zararli ta’sir ko’rsatish natijasida ularda salbiy o’zgarishlar yasalishida ifodalanishi mumkin. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ekstensiv metodlari jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri sohasida ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari (usullari) o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Ko’p yillardan beri mavjud bo’lgan bu ziddiyatlar ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongdagi salbiy hodisalarni aks ettiradi va ekologiya sohasida jinoyatlarni yuzaga keltiradi.
Orol fojiasi, hayvonot va o’simlik dunyosiga zarar yetkazilishi, havo va suv havzalarining ifloslanishi, zararli ximikatlardan nazoratsiz foydalanish, nitratlarning odamlar sog’lig’iga salbiy ta’siri inson jinoiy faoliyatining ekologiyada o’z ifodasini topgan oqibatlarining to’liq bo’lmagan ro’yxatidir. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar jumlasiga (bugungi kunda va qonunga binoan) quyidagilar kiradi: ekologik xavfsizlik normalari va talablarining buzilishi; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlarni ataylab yashirish yoki buzib ko’rsatish; atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini tugatish choralarini ko’rmaslik; atrof tabiiy muhitni ifoslantirish; yerdan, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish; ekinlar, o’rmonlarni nobud qilish; o’simliklar kasalliklari yoki zararkunandalariga qarshi kurash talablarini buzish; veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish; zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzish; hayvonot yoki o’simliklar dunyosidan foydalanish tartibini buzish; suv yoki suv havzalaridan foydalanish talablarini buzish; alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar rejimini buzish.
Tabiiyki, ko’rsatilgan normalar atrof muhitga g’ayrihuquqiy tajovuzlarning hammasini qamrab olmaydi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar jinoyat qonunida bevosita ko’rsatilgan belgilar bo’yicha yetarli darajada qayd etilmagan. Bu kamchilikni bartaraf etish amalda mumkin emasligi tufayli shuni e’tiborga olish lozimki, O’zR JKning bir qancha moddalarida oqibatlari ekologik ahamiyat kasb etishi mumkin bo’lgan muayyan harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. SHu tariqa jinoyat qonuni, bir tomondan, ekologiya sohasidagi jinoyatlarni bevosita aks ettiradi, boshqa tomondan – atrof muhitga ham zarar yetkazishi mumkin bo’lgan qilmish uchun javobgarlik o’rnatadi.Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni tabaqalashtirish ham muhim kriminologik ahamiyatga ega. Bunday huquqbuzarliklar ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo’lishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik haqida maxsus bob (8-bob) kiritilgan bo’lib, undan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ma’muriy javobgarlikka sabab bo’luvchi g’ayrihuquqiy xulq-atvorning ko’pgina tarkiblari o’rin olgan. O’zRning Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksida,jumladan, yerlardan xo’jasizlarcha foydalanish yoki ularniyaroqsiz xolga tushirish; yer berish tartibini buzish; vaqtinchaegallab turilgan yerlarni o’z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o’z o’rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik; xo’jalik ichidagi yer tuzish loyihalaridan o’zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish; yer osti boyliklarini geologik jihatdan o’rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish; suv zahiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish; o’rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish; atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik va h.k. uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Ekologik-huquqiy javobgarlik o’rnatish juda muhim ahamiyatga ega, chunki ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan ziyon ko’p miqdorda bo’lib, ba’zan orqaga qaytarib bo’lmaydigan xususiyat kasb etadi. Ekologik-huquqiy javobgarlikka xos bo’lgan jihat shundan iboratki, huquqiy munosabatlarda taraflardan biri sifatida ishtirok etuvchi organlar jumlasiga, umumiy davlat organlari (sud, prokuratura, militsiya va sh.k.dan tashqari), ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni bevosita ko’rib chiqish huquqi berilgan maxsus organlar kiradi. Ekologik-huquqiy javobgarlik instituti kompleks xususiyatga ega, chunki huquqning turli tarmoqlari (er,konchilik, suv, o’rmon huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi va b.) normalarini o’z ichiga oladi. Tabiatdan oqilona foydalanish, inson uchun qulay tabiiy muhitni saqlash va jamiyatning ekologik xavfsizligini ta’minlash borasidagi ijtimoiy munosabatlar ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar ob’ekti hisoblanadi. Ayrim mualliflar buni bir qancha sabablarga ko’ra yetarli emas deb biladilar. Birinchidan, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ularni xo’jalik sohasidagi manfaatlarga navbatma-navbat bo’ysundirishni nazarda tutadi, bunda odamlar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish ikkinchi o’ringa tushib qoladi. Ikkinchidan, bu ta’rifdan beqaror atrof tabiiy muhitdan foydalanish borasidagi munosabatlar huquq bilan tartibga solinmaydi, uni saqlash maqsadi esa qonunchilik vazifalariga kirmaydi, degan xulosa kelib chiqadi. SHu bois ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik ob’ektini inson va jamiyatning optimal hayot faoliyatini yashash muhiti bilan o’zaro aloqada ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi ijtimoiy munosabatlar deb ta’riflash to’g’riroq bo’lar edi81.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin