Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə61/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
kriminologiya modul

10.Impul`siv harakatlar – shaxsning o’ylanmagan, motiva o’ylanmagan motivatsiyasiz harakatlaridir.Xulq-atvorning impulьsivligi qo’qqisdan tug’ilgan vaziyat, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari iste’mol qilish bilan belgilanishi mumkin. Impulьsiv xulq-atvorga emotsiyalar ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli mazkur hodisani o’rganish muayyan jinoiy xulq-atvorda sababiyatning psixologik mexanizmini aniqlash uchun muhim ahamiyatga egadir.

3-Mavzu. Jinoyatchilikning oldini olish va oldini olish sub’ektlari xamda jinoyatchilikka karshi kurashda xalqaro hamkorlik.

Jinoyatlar profilaktikasi – muayyan jinoyatlarga yo’l qo’ymaslik, jamiyatning muayyan a’zolarini huquqbuzarliklar sodir etishdan tiyib turish demakdir. Jinoyatlar profilaktikasi deganda, birinchidan, jinoyatlarning sabablarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi holatlar va shart-sharoitni aniqlash bo’yicha faoliyatni; ikkinchidan, jinoyat sodir etishi mumkin bo’lgan shaxslarni aniqlash va ular bilan zarur ogohlantirish tadbirlari o’tkazish bo’yicha faoliyatni tushunish lozim.
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik subьektlari orasida nohukumat tashkilotlardan: Jinoyat huquqi xalqaro uyushmasi, Xalqaro kriminologik jamiyat, Ijtimoiy himoya xalqaro jamiyati va Xalqaro jinoyat va penitensiar fondi faoliyatini qayd etib o’tish zarur, deb uylaymiz. Jinoyat huquqi xalqaro uyushmasi 1924 yili tashkil topgan. U jinoyatchilikni, uning sabablarini va unga qarshi kurash vositalarini o’rganadi, jinoyat huquqiy qiyosiy tadqiqotlar bilan shug’ullanadi, jinoyat huquqi muammolari bo’yicha xalqaro kongresslar o’tkazilishini tashkil qiladi, BMT, YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarga maslahatlar beradi.Xalqaro kriminologik jamiyat 1934 yilda tashkil etilgan bo’lib, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni ta’minlash bilan bevosita shug’ullanadi. U kriminologiya sohasidagi milliy institutlar va mutaxassislarni birlashtiradi. Xalqaro kriminologik jamiyat YeKOSOS, BMT va YuNESKO maslahatchisi maqomiga ega. Mazkur jamiyat xalqaro miqyosda jinoyatchilikning sabablarini o’rganadi, kriminologik kongresslar, seminarlar, kollokviumlar tashkil qiladi, ularning materiallarini e`lon qiladi, milliy kriminologik institutlarga yordam ko’rsatadi, kriminologiya fanini rag’batlantirish uchun stipendiya va mukofotlar ta’sis etadi va tayinlaydi.Ijtimoiy himoya xalqaro jamiyati va Xalqaro jinoyat va penitensiar fondi ham o’z sohasida shunga o’xshash ishlarni amalga oshiradi.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin