Terrorizm jinoyati- siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatan, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etashdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizlikka putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarlik qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlardir.
Terrorchilik faoliyati- terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirshdan, terrorlik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkiloti tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta’minlashdan iborat bo’lgan faoliyatdir.
Ekstremizm - lotincha «exetrem» o’zbekchasiga siyosatda keskin tadbirchoralar ko’rishga tarafdorlik ma’nosini beradi.
o‘zbekiston respublikasi OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIm vazirligi
muallif : katta o‘qituvchi Boymirzayeva Raximaxon
1-Mavzu. Kriminologiya tushunchasi, predmeti va tizimi. Jinoyatchilik tushunchasi va uning tarkibi va latent jinoyatchilik.