Ekologiya sohasidagi jinoyatchilik – ekologik jinoyatlar,ya’ni atrof tabiiy muhitga va inson sog’lig’iga ziyon yetkazuvchi,jinoyat qonuniga binoan taqiqlanuvchi va jinoiy jazoga tortiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlarning murakkab majmui.
Maxsus profilaktika choralari jumlasiga quyidagilar kiradi -ekologik ahamiyatga molik xulq-atvor, shu jumladan jinoyat-huquqiy taqiqlarga rioya etish ustidan nazoratni takomillashtirish; ekologiya sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar haqida tegishli idoralarga axborot berish;maxsus rejim o’rnatish hamda texnologiya va boshqaruv vazifalari va jarayonlarini qayta qurish; ekologiya uchun zararli bo’lgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni normativ yo’l bilan taqiqlash va h.k.
Nazorat usullari - tabiiy ob’ektlar holatini bevosita kuzatish, reydlar, tekshiruvlar o’tkazish, ob’ektlarni g’ayriqonuniy kirishdan qo’riqlash, o’tkazish rejimini o’rnatish, ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik qurollarini olib qo’yish, g’ayrihuquqiy harakatlarni to’xtatish va hokazolarni qamrab oladi. Ekologiya sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalariga rioya etilishini nazorat qilish alohida o’rin egallaydi.
9- Mavzu. Korruptsiya jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish. Korruptsiya- davlat boshqaruvining ayrim jihatlarining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi belgisidir.
Korruptsiya - yoki mansab vakolatlarini g’arazgo’ylik manfaatlarida suiste’mol qilish jamiyatda beg’araz xizmat qilish printsipini buzishga yo’naltirilgan harakatlardir.
Jinoyatchilik determinatsiyasining maxsus jarayonlari - mansab yoki boshqa xizmatlar bilan bog’liq hisoblanadi.
Korrupsiya - mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot hisobiga mukofot beruvchi shaxs manfaatini ko’zlab o’zining mansab vakolatlari doirasida mansab yo’riqnomasini buzib yoki buzmasdan qandaydir harakat yoki harakasizlikni bajarishidir.
Quyi korrupsiya- hokimiyat va boshqaruv organlarining o’rta va quyi darajalarida eng ko’p tarqalgan bo’lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o’zaro munosabati bilan (ro’yxatdan o’tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar olish kabilar) bilan bog’liq.