Maxsus ta’LIm vazirligi


Oiladagi kriminogen ta’sir o’choqlarini aniqlash choralari -b



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə65/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91
kriminologiya modul

Oiladagi kriminogen ta’sir o’choqlarini aniqlash choralari -bu guruhga beqaror oilalarni, ilgari sudlanganlar hamda huquqbuzarlar yashaydigan oilalarni, oilalardagi salbiy ta’sir manbalarini, janjal chiqqan oilalarni, bolalarning nazoratsizlik holatlarini aniqlash choralari kiradi.Bu choralar oilaviy barqarorlik, ilgari sudlanganlarning oilaviy holati, maktabda darslarga qatnamayotgan bolalar haqidagi ma’lumotlar yig’ish va umumlashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Beqaror oilalarni hisobga olish va ularni surunkali nazorat qilishni ta’minlovchi choralar- bunday oilalar har bir tumanda yagona organda to’planishi, ushbu axborot beqaror oilalarga yordam ko’rsatishga qodir organlarga yuborilishi, zarur choralar ko’rilishi ustidan nazorat olib borish lozim.
Oilani qo’llab-quvvatlash choralari- Oilaviy hayotni rag’batlantirish, oilalarga moddiy va turar joy muammolarini yechishda ko’maklashish, oilali shaxslarni ish bilan ta’minlash masalalarini hal qilish kerak. Bu maqsadga erishish uchun sog’lom oila turmush tarzini targ’ib qilish, bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash lozim.

7- Mavzu. Zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologii tavsifi va ularning oldini olish.

Jinoyatchilar ishlatgan jismoniy zo’rlik xususiyati -qo’l bilan urish, tepkilash, bolta, pichoq, temir zanjir va boshqa narsalar bilan zarba berish, o’qotar qurol ishlatish va h.k.Aksariyat hollarda jismoniy zo’rlik qo’rqitish jinoyatchilarga istalgan natijani bermaganidan keyin ishlatilgan. Zo’rlik ishlatib talonchilik, bosqinchilik va tovlamachilik sodir etishda jinoyatchilar ko’pincha o’z do’q-po’pisalarini amalga oshirganlar.
Jinoiy jazoga loyiq qilmishlar predmetini -chet el valyutasi, pullar, qimmatli qog’ozlar, avtomashina, audio va videoapparatura, magnitofonlar, shuningdek mo’yna telpak, gilam, po’stin, charm kamzul, zargarlik buyumlari, spirtli ichimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan.
Uyushgan jinoyatchilik – bu tamagirlik niyatida birgalikda jinoiy faoliyat bilan shug’ullanish hamda muayyan ijtimoiy sohada yoki hududda nazorat o’rnatishga erishish maqsadida uyushgan shaxslarning barqaror jinoiy birlashmasi.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin