99
Fan/Modul kodi
BMT2204
O‘quv yili
2021-2022
Semestr
2
ECTS - Kreditlar
4
Fan/Modul turi
Tanlov
Ta’lim tili
O‘zbek
Haftadagi dars
soatlari
2
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Badiiy matn tahlili
16
104
120
2.
I. Fanning mazmuni
Fanning asosiy maqsadi
- bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga
badiiy matnni tahlil qilish usullari, jahon badiiy tahlil metodlariga xos
muhim kriteriyalar va badiiy asarni tahlil etish, matn poetikasi muammolarini
o‘rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifasi
– talabada badiiy tahlil malakasini shakllantirish,
badiiy asarning ichki poetik strukturasi, semantik
munosabatlarini anglash
ko‘nikmasini hosil qilish; badiiy adabiyotda ijodkor shaxs,
ijodiy
individuallik, individual uslub tushunchalarini anglatish; muayyan asarning
janr,
kompozitsiya, syujet, obraz singari komponentlari mohiyatini anglash
va badiiy matnga tatbiq etish yo‘llarini o‘rgatish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
KIRISH.
1-mavzu. “Badiiy matn tahlili” alohida fan sifatida. Fanning umumiy
mohiyati
“Badiiy matn tahlili” kursi bo‘lajak
boshlang`ich sinf o`qituvchilarini
badiiy
matn bilan mutaxassis darajasida ishlashga o‘rgatishi, o`qituvchining
matnni
tahlil qilish malakasiga ega bo`lishi bolalar kitobxonligining muhim omili
ekanligi.Badiiy tahlil ijtimoiy-estetik ahamiyatga egaligi, busiz badiiy asar to‘la
anglanmasligi, badiiy matnni chuqur tushunmagan boshlang`ich sinf
o`qituvchisi kichkintoylarda kitobga muhabbat tuyg`usini shakllantira olmasligi.
Badiiy tahlilning o‘zig a xos tadqiqot metodlari mavjudligi.
Badiiy tahlil qila
100
bilishning
ijtimoiy, estetik hamda tarbiyaviy ahamiyati mavjudligi. Bu hol
adabiyotning tarbiyaviy, ma’rifiy,
kommunikativ, aksiologik hamda estetik
funksiyalari bilan bog‘liq ekanligi. Badiiy tahlilga olimlar tomonidan turlicha
ta’rif berib kelinganligi.Badiiy matn tahlilining adabiyotshunoslik ilmidagi
o`rni. Forobiy, Ahmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning badiiy
matn tahliliga doir qarashlari.
Dostları ilə paylaş: