Hujjatlar bo’limining asosiy elementlari: Hujjatlar bo’limining asosiy elementlaridan biri bu ishchi varaq yoki elektron jadvaldir. Elektron jadval kataklardan iboratdir.
Katak – bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan va bir qator va bir ustun kesishmasi oralig’ida joylashgan elementdir. Umuman jadvalni shaxmat doskasiga qies qilish mumkin. Jadvalning har bir qatori tartib raqamiga ega bo’lib, u 1 dan to 65536gacha raqamlangandir. Ustunlar esa lotin harflari bilan nomlanadi, ularning soni 256tagacha bo’lishi mumkin, nomlanish A, B va x.k. Zgacha, undan sung AA,AB...AZ,BA va x.k. IU gacha. Satr raqamlari va ustun nomlari yozilgan gorizontal va vertikal satrlarni satr va ustun sarlavhalari deyiladi. Katak kesishmalarida hosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi, masalan, A ustun 4-kator kesishmasida joylashgan katak A4 deb nom oladi. Katak manzili formulalar yozishda, shu katakka boshqa katakdan murojaat qilganda ishlatiladi. Kataklardan biri doim aktiv bo’ladi, u aktiv katak ramkasi bilan ajratilgan bo’ladi, uni keyingi o’rinlarda jadval kursori deb ataymiz.
Kataklar guruhi(diapazon) – bir necha bir-biriga qo’shni bo’lgan kataklar to’plamidir. Ko’pincha ketma-ket keluvchi satr va ketma-ket keluvchi ustunlar kesishmalarida hosil bo’lgan to’rtburchak guruhlar ishlatiladi. Guruh manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan kataklarning chap yuqori va o’ng quyi kataklar manzillari olinib, ular ikki nukta(:) bilan ajratilib yoziladi. Masalan, A1:A4, bunda A1,A2,A3,A4 kataklari guruhi tushuniladi, A1:V3, bunda A1,A2,A3,V1,V2,V3 kataklari guruhi tushuniladi va h.k.
Eng kichik ajratilgan oraliq bu katakdir. Jadval kursori qaysi katakda turgan bo’lsa, o’sha katak ajratilgan hisoblanadi. Ushbu katak chegaralari ingichka qora chiziq bilan belgilangan bo’ladi. Bajariladigan buyruqlar ana shu ajratilgan katakka tegishli bo’ladi. Bir katakdan ikkinchi katakka jadval kursorini harakatlantirish uchun sichqonchadan yoki klaviaturadan foydalanish mumkin.
Ko’pincha biror amalni bir nechta kataklar guruhi ustida bajarishga to’\ri keladi. To’rtburchak kataklar guruhini ajratish uchun shu to’rtburchak bir burchagida sichqoncha tugmasini bosib turib diognal bo’yicha joylashgan boshka burchagiga tortib olib borib qo’yvoramiz. Bir satrni yoki ustunni ajratish uchun uning sarlavhasida sichqonchani chertish kerak. Bir necha satr yoki ustunni ajratish uchun sarlavhalar ustida sichqoncha tugmasi bosib tortiladi.
Klaviatura yordamida kataklar guruhini ajratish uchun Shift tugmasi bosilib turib yunalish tugmalaridan foydalanish mumkin. Shuningdek F8 tugmasi bosilib qo’yilsa, holat satrida VDL belgisi ajratiladi va biz yo’nalish tugmalari orqali guruhni ajratishimiz mumkin. F8 ni qayta bosish rejimni bekor qiladi. Ajratishni bekor qilish uchun ajratilgan oraliqdan tashqarida sichqoncha tugmasi bosiladi.