Yuqoridagi usul bilan jadvalning faqat bir joyida kataklar guruhini ajratish mumkin. Boshqa bir guruhni ajrata boshlasak, avvalgi ajratish bekor qilinadi. Bir-biriga qo’shni bo’lmagan bir necha kataklar guruhini tanlash uchun birinchi kataklar guruhini ajratib, so’ng Shift-F8 ni bosamiz. Holat satrida DOB so’zi ajratiladi, bu qo’shni bo’lmagan kataklar guruhlarini ajratish belgisidir. Endi boshqa oraliqlarni Ctrl tugmasini bosgan holda sichqoncha yordamida ajratishimiz mumkin. Bir joyda bo’lmagan kataklar guruhi ustida nusxalash, ko’chirish amallarini bajarib bo’lmaydi, ularni olib tashlash, formatlash, malumot kiritish amallarini bajarish mumkin.
Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash
EXCEL dasturi yuqoridagi 1-chi usul bilan yani PUSK tugmasi orkali ishga tushirilganda avtomatik ravishda yangi ishchi kitob yaratiladi va unga «Kniga1» nomi beriladi. Elektron jadvalda yaratilgan fayl ishchi kitob deb yuritiladi, u 16 tagacha ishchi varaqlardan iborat bo’ladi, buni jadval pastidagi satrdan va ishchi varaqlardan biri aktiv ekanini ham shu satrdan ko’rishimiz mumkin. Ishchi varaklar «List1», «List2» kabi nomlangan bo’ladi. Boshka varaqni faollashtirish uchun unda sichqoncha tugmasini chertish kerak. Klaviatura yordamida o’tish pastdagi jadvalda ko’rsatilgan.
Jadval kursorini ishchi varaq bo’ylab harakatlantirish
Jadval kursorini kerakli katakka o’tkazish uchun sichqoncha tugmasini o’sha katakka qo’yib chap tugmani bosish kifoya. Klaviatura yordamida kursorni harakatlantirish uchun quyidagi tugmalar ishlatiladi:
Tugma
|
Bajariladigan amal
|
Tav
|
Keyingi katakka o’tish
|
Shift-tab
|
Oldingi katakka o’tish
|
PgUP
|
Bir ekran yuqoriga o’tish
|
PgDN
|
Bir ekran pastga o’tish
|
ALT-PgDN
|
Bir ekran o’ngga o’tish
|
ALT-PgUP
|
Bir ekran chapga o’tish
|
Ctrl-Home
|
Ishchi varaq boshiga borish
|
Ctrl-End
|
Ishchi varaq oxirgi to’ldirilgan katagiga o’tish
|
End-
|
Ishchi varaq oxirgi ustuniga o’tish
|
Ctrl-PgUP
|
Oldingi ishchi varaqqa o’tish
|
Ctrl-PgDN
|
Keyingi ishchi varaqqa o’tish
|
Home
|
Joriy satr boshiga borish
|
Shift-yo’nalish tugmalari
|
Ajratilgan sohani bir katakka kengaytirish
|
Ctrl-Shift-yo’nalish tugmalari
|
Mavjud to’ldirilgan kataklargacha sohani kengaytirish
|
Shift-Home
|
Ajratilgan sohani qator boshigacha kengaytirish
|
Ctrl-Shift-Home
|
Ajratilgan sohani varaqning boshigacha kengaytirish
|
Ctrl-Shift-End
|
Ajratilgan sohani varaq oxirgi katagigacha kengaytirish(quyi o’ng burchakkacha)
|
Ctrl-«bush tugma»
|
Ustunni to’liq belgilash
|
Shift-«bush tugma»
|
Satrni to’lik belgilash
|
Ctrl-A
|
Varaqni to’la belgilash
|
Shift-PgDN
|
Ajratilgan sohani bir ekran quyiga kengaytirish
|
Shift-PgUP
|
Ajratilgan sohani bir ekran yuqoriga kengaytirish
|
EXCEL ruscha versiyasining umumiy ko’rinishi 2-rasmda ko’rsatilgan, ko’pchilik ochilgan landshaftlar nazarimizda WINDOWS WORD ni instrumentlar paneli va menyusini eslatadi. Ammo keskin ajratadigan belgilar ham mavjud . Standartnaya va formatirovanie kabi panel instrumentlarida WINWORD va WRITE da bulmagan formula qatori joylashgan.
K ATAKLARGA MALUMOTLAR KIRITISH
Elektron jadval kataklariga har xil malumotlar – matnlar, sonli qiymatlar va formulalar kiritish mumkin. Malumotlar kiritilayotganda EXCEL avtomatik ravishda ularning tipini aniqlaydi. Shuningdek ayrim tiplarni aniq ko’rsatish uchun tip belgisi ham qo’yish mumkin(bunday hollar pastda ko’rilgan).
Biror katakka malumot kiritish uchun unga jadval kursori keltirilib, so’ng malumot kiritila boshlanadi, kiritilayotgan malumot formulalar satri va katakda ko’rina boshlaydi. Malumot kiritishni tugallash uchun ENTER yoki yunalish tugmalaridan biri bosiladi. Agar yo’nalish tugmasi bosilsa, kiritilayotgan malumot joriy katakka yoilib, jadval kursori yo’nalish ko’rsatkichi buylab keyingi katakka o’tadi. Bu esa katta xajmdagi malumotlarni kiritishda qulay vositadir. Kiritilayotgan sonli qiymatlar katakning o’ng tomonidan, matnli qiymatlar esa chap tomonidan tekislanadi. Ushbu qoidani formatlash buyruqlari yordamida o’zgartirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |