Matnlarni kiritish. EXCEL dasturida matnlar – bu harf, raqamlar, bo’sh joylar va boshqa belgilardan iborat ixtiyoriy ketma-ketlikdir. Agar kiritilayotgan malumot sonli qiymat yoki formula talablariga javob bermasa, u matn deb qabul qilinadi. Matnli malumotlarga jadval sarlavhalari, insonlar nomlarini misol qilib ko’rsatish mumkin. Bordiyu boshqa tipdagi malumotni matn sifatida olish kerak bo’lsa, kiritishni ‘(apostrof) belgisidan boshlash kerak. EXCELda birinchi pozistiyadagi ‘(apostrof) belgisi matn belgisi bo’lib hisoblanadi.
Agar kiritilgan matn katakka si\masa, bunda ekranda quyidagi hollar bo’lishi mumkin:
Agar o’ng tomondagi katakda malumot bo’lsa, joriy katakka si\magan matnning o’ng qismi katakda ko’rinmaydi, aslida u xotirada bor bo’ladi, buni formulalar satriga qarab ishonch qosil qilish mumkin, shu katak joriy bo’lganda matnning to’la ko’rinishi formulalar satrida ko’rinadi.
Sonli malumotlarni kiritish.Katakka kiritilayotgan sonli malumotlar o’zgarmas(konstanta) sifatida qabul qilinadi. EXCEL dasturida sonli malumotlar 1,2,3...9,0,+,-,(),/,%,E,e belgilari orqali kiritiladi. Klaviaturaning boshqa barcha tugmalari kombinastiyalari orqali kiritilayotgan malumotlar raqamli va raqamsiz belgilardan iborat bo’lib, matn sifatida qaraladi.
Sonlar quyidagicha kiritiladi: musbat sonlar oldiga «+» ishorasini qo’yish shart emas, agar u bo’lmasa, son musbat deb qabul qilinadi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «-« ishorasi qo’yiladi yoki son kavs ichiga olinadi, masalan, -5 eki (5).
Agar kiritilaetgan sonli malumot ichida «/»,»-« belgilari bo’lsa, dastur uni sana sifatida qabul qiladi, agar «:» belgisi bo’lsa, vaqt sifatida qabul qilinadi, bunday misollar pastdagi jadvalda keltirilgan.
Umuman, kiritilayotgan qiymatga qaysi formatni berish raqamlar va ajratuvchi belgilarni qaysi ketma-ketlikda kiritishga bog’liq. Quyidagi jadvalda ayrim sonli malumotlarni kiritish usullari keltirilgan: