MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan
o’zbek elati tashkil topgan. Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos
bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo
bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda
davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida
shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim
qoldiqlari haligacha
saqlanib kelmoqda.
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy
Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e’lon qilingan
jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga
nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat
tarixida har bir kishi uqidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va
jahannam,
qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh
qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr
yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa
dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan
davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas.
Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib,
shartli
ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas
kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni
«Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish,
donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni
«Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha
ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga
ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning
ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki
«Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts,
Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida
Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar
mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs
deb hisoblaydilar.
Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av.
1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir.
Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida
yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan
ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh
qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini
boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G’arb nazariyasi»
bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va
zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining
MBAZA.UZ BARCHA FANLARDAN IMTIHON JAVOBLAR VA SAVOLLARI
dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng
tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning
muqaddas kitobi
sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy
tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch
buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar
davrlarida, ya’ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan
Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq
nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk
tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik
manbashunoslar ikkinchi
nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi
Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning
Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy
manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra»
«Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi.
«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri
keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot»
sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi,
«dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin
esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va
muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati»
Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.
Dostları ilə paylaş: