Mil. avv. VIII – VI asrlarda ko‘pdan-ko‘p yunon koloniyalari tashkil topdi. Bu
davr tarixda
Buyuk Yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz
sohillarida
Olviya, Xersones, Pantikapey va boshqa yirik koloniyalar
vujudga keldi.
9-BILET 1. Kushon davlati haqida ma’lumot bering. Kushon davlatida yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy va savdo-sotiq
aloqalari tufayli O‘rta Osiyoda qadimgi
oromiy yozuvi keng tarqaladi. Bu
yozuv G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lib, alifboga asoslangani tufayli
o‘zlashtirish ancha oson bo‘lgan. Qadimgi Termiz yodgorliklarini
o‘rganish natijasida oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi
yozuv namunalari topilgan. Kushon mamlakatida yana kushon
shaklli yozuvi mavjud bo‘lgan, bunda harfl ar burchakli, to‘rtburchak va
aylana shaklida yozilgan. Kushon podsholigida yozuv qadimdan
mavjudligini
Surxko‘tal (Afg‘onistondagi Qunduz shahri yaqinida)
yodgorligidan topilgan
yunon alifbosidagi kushon bitiklari ham tasdiqlaydi. Amudaryoning quyi
oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida oromiy alifbosi asosidagi
xorazmiy va so‘g‘diy yozuvlari ham keng tarqalgan edi. Yozuvning turli
ko‘rinishlariga oid topilmalar Kushon podsholigining jahondagi ko‘plab
davlatlar bilan keng ko‘lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi.
Diniy e’tiqod Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya,
So’g’diyonaning asosiy aholisi zardushtiylik dinida edi. Kanishka
hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi qo‘shib olinib, yaqindan
aloqalar o‘rnatilgach, Kushon davlati hududiga kirib kelgan buddaviylik
dini zardushtiylik bilan birga milodiy VIII asrgacha O‘rta Osiyoda saqlanib
qoldi. Aynan Surxon vohasi orgali buddaviylik O‘rta Osiyo
bo‘ylab tarqala boshladi.
2. Mezolit davri haqida ma’lumot bering. Mezolit davri (o‘rta tosh davri)