3.2. Mehnat bozorini tartibga solishning strategiyasi va yunalishlari
O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson
manfaatlariga yo’naltirilgan ish bilan bandlik strategiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu
strategiya mehnatga layoqatli har bir inson uchun o’z qobiliyatini namoyon etish va
o’z mehnati bilan o’zi hamda oilasi uchun insonga mansub yaxshi turmush
sharoitlarini ta’minlashni taqozo etadi.
Mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash strategiyasi quyidagilarni
amalga oshirishni ko’zda tutadi:
- fuqarolarning mehnat qilish, tadbirkorlik, iqtisodiy faoliyat sohasi va turini
hamda kasbni tanlash erkinligi kabi konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlash;
- mehnat faoliyati motivasiyasining kuchli mexanizmini joriy etish, aholi
iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratish;
- amalda mehnat bozorini shakllantirish, mehnat resurslarini iqtisodiyot
tarmoqlari va faoliyat sohalari bo’yicha erkin taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi
uchun sharoitlar yaratish.
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi siyosati quyidagi asosiy yo’nalishlar
bo’yicha amalga oshiriladi:
- iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar va mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta
taqsimlashni amalga oshirish;
- joylardagi mehnat bo’limlari orqali iqtisodiy, huquqiy dastaklar vositasida
ishchi kuchi taklifi va unga bo’lgan talabni tartibga solish. Buning uchun joylarda
hududiy «Bandlik» dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshiriladi. Dastur o’z ichiga
aholining raqobatga bardoshsiz toifalari uchun yangi ish joylarini yaratish, ommaviy
63
ishdan bo’shatishlarning oldini olish, jamoatchilik ishlarini tashkil etish, ishsizlarni
qayta tayyorlash, o’qitish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-
tadbirlarni oladi;
- ishsizlarga nafaqalar, kasb-hunarga o’qitish va qayta o’qitish davrida
stipendiyalar berish, ularning oilalariga moddiy yordam ko’rsatish kabi sosial
kafolatlar berish. Ushbu maqsadlar uchun bandlikka ko’maklashish fondi hisobidan
mablag’lar ajratiladi;
- yoshlar, ayollar, nogironlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha maxsus tadbirlarni
amalga oshirish;
- ishchi kuchi sifatini oshirish, ish bilan band bo’lmagan aholini kasb-hunarga
o’qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- kishilarni o’zini-o’zi ish bilan band qilish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish.
O’zbekistonda davlat aholining ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida
mehnat bozorida faol siyosat olib boradi.Mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga
oshirishda davlat quyidagi asosiy choralar tadbirini amalga oshirmoqda:
- ish izlovchilarni ishga joylashtirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish;
- ishlovchi va ishsizlarni o’qitish, kasbga qayta tayyorlash;
- bevosita ish joylarini yaratish;
- doimiy ish bilan bandlikni subsidiyalashtirish;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan, o’z korxonalarini,
ishbilarmonlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan ishsizlarni qo’llab-quvvatlash;
- jamoat ishlarini tashkil etish.
Respublikamizda aholini ish bilan ta’minlash maqsadida ishchi kuchi bozoriga
ta’sir etishning samarali usullaridan foydalanmoqda. Bular quyidagilardan iborat:
- ishlovchilarning geografik mobilligini, migrasiyasini tartibga solish. Buning
uchun ustuvor ravishda rivojlantirilayotgan, o’zlashtirilayotgan hududlarga
ko’chishni rag’batlantirish lozim bo’ladi;
64
- korxonalar doirasida kadrlarni qayta tayyorlashdan tashqari mehnat bo’limlari
qoshida ishchi kuchi bozori talablariga muvofiq hududdagi korxonalar uchun zarur
kadrlarni qayta tayyorlashni tashkil etish;
- jamoat ishlari va nogironlar uchun ish joylarini yaratish. Nogironlarni ijtimoiy-
muhofaza qilingan ishlarga jalb etish, ularni kasbiy reabilitasiyadan o’tishlariga
imkoniyat yaratish;
- yoshlar va ishsizlik nafaqasini olish muddati tugayotgan fuqarolar uchun
mikrokreditlar ajratish.
Mehnatga talabni faol shakllantirish iqtisodiy o’sish sifati va sur’atlari,
shuningdek, quyidagi omillar bilan uzviy bog’liq bo’ladi:
• yangi, ayniqsa, ko’p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlarni, asosan, kam
ta’minlangan va bandlik darajasi past bo’lgan aholi punktlari va mintaqalarida
joylashtirishni rag’batlantirish.
• iqtisodiy rivojlanish kam ta’minlanganlik va bandsizlik darajasi yuqori bo’lgan
mintaqalarda, yangi ishlab chiqarish va ish o’rinlari yaratishga xizmat qiluvchi
zamonaviy temir yo’l va avtomobil yo’llari tarmog’ini yaratish va modernizasiyalash;
• yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha yangi
ishlab chiqarishlarni yaratish uchun gorizontal va vertikal integrasiyaga har
tomonlama ko’maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini kompleksli
rivojlantirish siyosatini amalga oshirish;
• kichik biznesni, bundan oldingi bo’limlarda bayon qilingan iqtisodiy siyosat
chora-tadbirlari bilan har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
• individual bandlikning turli shakllari, kam ta’minlanganlik va bandliksizlik
darajasi yuqori bo’lgan mintaqalarda, jumladan, xususiy tadbirkorlik, uy mehnati va
oilaviy biznesni yaratish va kengaytirishga ko’maklashish.
• investisiya loyihalari tashabbuskorlarining mablag’lari hisobidan yangi tashkil
qilinayotgan zamonaviy ishlab chiqarishlar uchun kadrlar tayyorlashni kengaytirish.
O’zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash strategiyasining amalga oshirilishi
natijasida 1990-2010 yillarda ish bilan band aholi soni 3,7 million nafarga oshdi.
65
2010 yil yakunlariga ko’ra, mamlakatimizda Xalqaro mehnat tashkiloti uslubi asosida
aniqlangan ishsizlik darajasi maqbul darajada bo’lib, iqtisodiy aholining qariyb 5
foizini tashkil etgan. Aholi bandligi tarkibida muhim ijobiy o’zgarishlar ta’minlandi.
Agar mustaqillikning dastlabki yillarida ish band bo’lganlarning 60 foizi davlat
sektori hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, bugungi kunda esa mazkur sektorda umumiy
ish bilan band aholining 20 foizdan ortig’i mehnat qilmoqda. Bandlikning sohalar
bo’yicha tarkibida ham ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda: qishloq xo’jaligida band
bo’lgan aholining ulushi 1990 yilda jami ish bilan band bo’lganlarning 40 foizini
tashkil etgan bo’lsa, 2011yilda 25 foizdan kamrog’iga tushdi.Ish bilan band
bo’lganlarning 13% ga yaqini sanoatda, 53%ga yaqini xizmatlar sohasida to’g’ri
keladi.
O’zbekistonda aholining ish bandligini oshirish maqsadida kichik biznes
vaxususiy tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash ,yangi ish o’rinlarini
yaratish dasturlari amalga oshirilmoqda.So’ngi yillarda kasanachilik va oilaviy
tadbirkorlik kabi aholi bandligini ta’minlashning yangi shakllari faol rivojlandi.
2006-2010yillarda kasanachilik va ijara shartnomalari asosida 674 mingta ish o’rni
tashkil etildi. 2011 yilda respublikamizda 1 millionga yaqin ish o’rinlari yaratildi
Ularning 64% dan ortig’i kichik biznes vaxususiy tadbirkorlik va fermerlik rivojini
rag’batlantirish, 28% dan ortig’i esa yangi korxonalar tashkil qilish,kasanachilikning
turli shakllarini kengaytirish hisobidan yaratildi.Kam ta’minlangan va ko’p bolali
oilalarga bepul qora mol berilishi natijasida 1.4 million nafar qishloq aholisi dehqon
xo’jaliklarida qoramollar boqish bilan shug’ullanish imkoniyatiga, ushbu faoliyat turi
bilan shug’ullangan davri pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga kiritilishi huquqiga
ega bo’ldi.
Mamlatimiz iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash asosida 2012-2016
yillarda yiligi 950 mingta yangi ish o’rinlarini yaratish belgilangan. Buning uchun
davlat mehnatni taklif qilish siyosatini amalga oshirishi maqsadga muvofiq
bo’ladi.Bozorda mehnatni taklif qilish siyosati quyidagilarga yo’naltiriladi:
• oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylarida va
maktablarning yuqori sinflarida barcha ta’lim dasturlarini qayta ko’rib chiqish hamda
66
sanoat
ishlab
chiqarishi
va
xizmatlar
sohasining
ehtiyojlariga
amaliy
yo’naltirilganligini kuchaytirish;
• iqtisodiyotni tarmoqlar bo’yicha kadrlarni saqlab qolish uchun tarkibiy qayta
qurishni amalga oshirish jarayonida kadrlar malakasini oshirish dasturlarini faol
tatbiq etish;
• bandlikni, jumladan, qonuniy bandlikni kengaytirishni rag’batlantirish
maqsadida, mehnatga soliq yukini bosqichma-bosqich, jumladan, umumiy ijtimoiy
to’lov va daromad solig’i miqdorini kamaytirish;
• ish bilan band bo’lmaganlarni, jumladan, norasmiy bozor va mehnat
migrasiyasida, shuningdek, ishsizlarni statistik hisobga olishni takomillashtirish,
mehnat bozorida uning talabga muvofiqligi bo’yicha monitoring dasturlarini
kuchaytirish;
• xalqaro bitimlarga muvofiq imzolangan qonuniy va ijtimoiy himoyalangan
mehnat migrasiyasini kengaytirish.
O’zbekistonda ishsizlarni qo’llab-quvvatlash yo’llari.
O’zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni quyidagi yo’llar bilan
amalga oshirilmoqda:
• ishsizlarni yangi kasbkorlikka tayyorlash va qayta tayyorlash darajasini
oshirish, jumladan, joylarda kasb-hunar kollejlari imkoniyatlaridan foydalangan
holda;
• ishsizlarning haq to’lanadigan jamoat ishlarida, asosan, hududlarni
obodonlashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, yolg’iz yashaydigan
qariyalarning xizmat ko’rsatish sohalaridagi ishtirokini kengaytirish;
• axborotlar asosida ish joyini tanlashni kengaytirish, tuman mehnat, bandlik va
ijtimoiy himoya bo’yicha bo’linmalari tomonidan ish izlash sifatini oshirish hisobiga
ishsizlarni ishga joylashtirish jarayonini optimallashtirish;
• iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishsizlarning oilalariga o’z ishini tashkil
qilishlari uchun mikrokreditlar ajratish.
67
XULOSA
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosa va tavsiyalar ishlab
chiqildi:
1. Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida
aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy
mojorolarini bartaraf etish bo’yicha, ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi
munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy,
shaxsiy va xududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, Xalqaro Mehnat Tashkilotining
Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi.
2. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining rivojlanishida uning asosiy
funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali tadbirlarini va ish bilan bandlik
sohasida har tomonlama o’zaro samarali hamkorlikni ta’minlashi zarur.
Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun Ish bilan bandlik xizmati
organlari tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim:
iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o’zgarishlarga muvoffiq
ravishda kasbiy-malaka tizimi bo’yicha uzoq muddatli istiqbollashtirishni amalga
oshirish;
korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni
tashkil etish, kasbi va malakasi bo’yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo’lgan
talabni obyektiv hisobini amalga oshirish;
statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, tashkilotlar
va muassasalar bo’yicha kadrlarga bo’lgan talabning to’liq hisobini yuritish.
3. Aholining ish bilan bandlik tarkibini o’rganishda tizim-tarkib uslub keng
qo’llaniladi. Bu uslub o’rganilayotgan obyektni kattaroq obyekt doirasida tahlil
qilishni nazarda tutadi. Masalan, mehnat resurslari tizim-tarkib usulida tadqiq
etilganda, obyekt - mehnat resurslari hisoblansada, undan kattaroq obyekt - aholi va
uning tarkibidagi miqdor va sifat o’zgarishlar, shuningdek, uning joylashuv
xususiyatlari xamda unga ta’sir etuvchi omillarni ham o’rganish talab etiladi.
68
Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va
ulardagi tarkibiy o’zgarishlar aholi, ayniqsa mehnat rusurslarining bandlik tarkibiga
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotda ish bilan bandlikning turli shakllarda
tarqalishining hududiy xususiyatlarini aniqlashda mazkur uslubdan foydalanildi.
4. Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining turli yo’nalishlardagi samaradorligini
har tomonlama baholash bo’yicha ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish,
uning xo’jalik faoliyatiga baho berishda aniq xulosalar chiqarish imkonini yuzaga
keltiradi.
Biz quyidagi ko’rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati
samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko’rsatkichlar tizimiga qo’shishni
taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik
darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko’magi bilan ishga joylashtirish
darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi fuqarolarni ishga
joylashtirish koeffisiyenti; ish bilan bandlik xizmati organlarining mehnat bozorini
qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffisiyenti; ish joylariga talabning
qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo’yicha ish joylarining qanoatlantirish
darajasi.
5. Bizningcha, ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli
darajalarini o’z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni
bajarilishini ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida
samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo’lib hisoblanadi. Funksional
tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo’yicha maqsadidan kelib chiqqan
holda o’zaro birikishi, ular o’rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar
takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.
69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I.O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari va qarorlari, hukumat qarorlari
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. - T.: O’zbekiston, 2010.
2. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. - T.: “Iqtisodiyot huquq
dunyosi”, 2010.
3. O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi
qonuniga sharhlar, -T.: “SHarq”, 2000. -375 b.
4. “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va
mustahkamlashga oid chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2007 yil 5 apreldagi Farmoni.
5. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi
Qonuni (yangi tahrir). –T.: Adolat, 1998.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “2012-2016 yillarda
O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi
to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 20-son,
215-modda.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2009 yildagi 1045-sonli
“Inqirozga qarshi dastur va boshqa qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Qarori. “Xalq
so’zi” gazetasi, 2009 yil 23 yanvar.
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi “Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354-
sonli Farmoni.
9. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi
Nizomi.. “Xalq so’zi” gazetasi, 11.01.2010 yil.
II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
10. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”. –T.: «O’zbekiston», 2009. – 54 b.
11. Karimov I.A. Mamlakatni modernizasiya qilish va iqtisodiyotimizni
barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-Tom – T.: “O’zbekiston”, 2008. – 386 b.
12. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo
etish – ustuvor maqsadimizdir. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi
ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2010 yil 28 yanvar, №19 (4934).
70
13. Karimov I.A. “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” // Xalq so’zi. –
№16(5183), – 22 yanvar 2011 y.
14. I.A.Karimov.
Mamlakatimizda
demoraktik
isloxotlarni
yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi- T.: O’zbekiston,
2010.
15. I.A.Karimov. Demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini shaklantirish - mamlakatimiz taraqiyotining asosiy mezonidir.–
T.: 19.T. O’zbekiston, 2011.
16.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gazetasi,2013 yil
19 yanvar, №13 (5687).
III. Kitoblar va monografiyalar
17. Abdurahmonov Q.X., Mehnat iqtisodiyoti. -T.: “Mehnat” – 2009. -511 b.
18. Abdurahmonov Q.X., V.Imomov. O’zbekistonda mehnat potensialidan
samarali foydalanish va uni boshqarish –T.: “Akademiya”, 2008.
19. Abduraxmonov Q.X., Murtazoyev B.Ch. Mehnat bozori (o’quv
qo’llanma). – Toshkent: 1999.
20. Volgin N.A. Ekonomika truda: rыnochnыye i sosialnыye aspektы.
Uchebno-metodicheskiy kompleks dlya podgotovki magistrov. –M.: Izd-vo RAGS,
2010. – 368 s.
21. Genkin B. M. «Ekonomika i sosiologiya truda»; M.: Norma, 2007. -448s.
22. Kibanov A.Ya. i dr. Motivasiya i stimulirovaniye trudovoy deyatelnosti.
uchebnik. M.: INFRA-M, 2009.
23. Kotlyar, A.E. Trudovoy potensial. Naseleniye i trudovыye resursы.
Spravochnik./ A.E. Kotlyar.- M.: Nauka.- 2007.- 417 s.
24. SHodmonov SH.SH., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T:
“Iqtisodiyot moliya”, 2009, 529-b.
25. Adamchuk V.V. Ekonomika i sosiologiya truda / V.V. Adamchuk,
O.V.Romashov, M.Ye.Sorokina- M: YuNITI, 2001.
26. Keyns Dj. M. Obщaya teoriya zanyatosti, prosenta i deneg. Izbr proizvedeniya. – M.:
Ekonomika, 1993.
27. Samuelson P. Ekonomika .– M.: NPO Algon, 1992.
28.
Erenberg. R.D., Smit R.S. Sovremennaya yekonomika truda. Teoriya i
Dostları ilə paylaş: |